Pech

Pech, (rus), pechka — xonalarni isi- tish yoki materiallar (buyumlar)ga issik- Dik ishlovi berish uchun mo’ljallangan qurilma. Qo’llanish sohasiga ko’ra, sa- noat va uy-ro’zg’or P.lariga, vazifasi- ga ko’ra, eritish, qizdirish, kuydirish, quritish, isitish, qandolat-pazlik, nonvoychilik va b. xillarga bo’linadi. P.larni qizdirish usuli ham turlicha: alangali (metodik, ikki van-nali va b.), elektr (yoyli, induktsion va b.), plazma- li, elektron-nurli va optik P.lar bor. Asosiy qismlari: issiklik generatori (issiklik ajratib beradi), ish bo’lmasi (material yoki buyum tura-Di), issiklik olgich (material yoki bu-yumni sovitadi), yonilg’i yoki elektr energiyasi keltiradi- gan qurilma, mo’rkon, P. ishini avtoma- tik boshqarish tizimi (sanoat P.larida), poydevor, devor va P.ga xizmat ko’rsatish maydoncha-si. P. maxsus olovbardosh pishiq g’isht va metalddan quriladi. P. sanoatning ko’p tarmoqdarida, uy- ro’zg’orda, jamoat binolarida qo’llanadi.