Pechora

Pechora — RF Evropa qismining shim.-sharqidagi Daryo. Uz. 1809 km, havzasining mayd. 322 ming km2. Shim. Ural tog’laridan boshlanib, Pechora past- tekisligi bo’ilab oqadi. Barents dengi- zining Pechora qo’ltiqchasiga quyiladi. Qor, yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Okt. noyab.da muzlab, may oyida muzdan bo’shaydi. Asosiy irmoqlari — USA, Laya, Shapkina, Shchugar, Ilich (o’ngda), Ijma, Kojva, Pijma, Tsilma, Sula (chapda). Quyilish joyida o’rtacha suv sar-Fi 4100 m3/sek. P.da muntazam kema qat- naydi. Dengiz kemalari Naryanmargacha kira oladi. Baliq ovlanadi. Havzasida toshko’mir (Pechora kumir havzasi), neft (Uxta) va gaz konlari bor.