Pechak

Pechak (Convolvulus L.) — pechak- doshlar oilasiga mansub bir yillik va ko’p yillik chirmashuvchi yoki ilashib o’suvchi o’simliklar turkumi, begona o’t. 250 dan ortiqturi bor. Uzbekiston- da 5 turi — dala pechagi yoki qo’ypechak (C.arvensis), soxtakantabrik P. yoki oq partak (C.pseudocantabrica Schrenk.), Chimyon pechagi (C.tschimganicus), qala- mi P. yoki chumchuqoyoq (C.lineatus), da-g’al tukli P. yoki mingbosh (C.subhirutus) uch- raydi. Ulardan O’zbekistonning barcha hududlarida o’sadigan dala pechagi yoki qo’ypechak turi dala ekinlari orasi- da, shuning-dek, yo’l yoqalari, kanallar bo’ylarida kup uchraydi. Yo’qotish Qi-yin bo’lgan begona o’t hisoblanadi. Barglari yoysimon yoki nay- zasimon. Gullari to’g’ri, kar-naysimon, ikki jinsli, yirik, uz. 6-7 sm, ko- sabarglari 5 ta, tu-tashmagan. Mevasi ko’sakcha, iyun—okt.da gullab urug’laydi. Il-diz bachkilari va urug’idan ko’payadi, bir o’simlik unish qobiliyatini 2 y.gacha saklaydigan 400-600 urug’beradi. Kurash choralari: kuzdaerni chu-qur shudgorlash, ildiz bachkilarini kul- tivatorlar, lushchilniklar b-n mayda- lash, don ekinlari maydonlariga 2,4 D, makkajo’xorizorlarga simazin gerbitsid- larini purkash.