AEROFOTOSURATGA OLISH

AEROFOTOSURATGA OLISH — samolyot, vertolyot, yer sun’iy yo’ldoshi yoki raketalarga joylashtirilgan maxsus aerofotoapparat yordamida joyning fotosuratini yuqoridan olish va shu fotosuratlar yordamida joyning plani va geografik xaritani tuzish. Aerofotosuratga olish joyning ba’zi tafsilotlarini yoki iishootlarning fotosuratlarini olib, so’ngra tayyor xaritasiga tushirish uchun ham qo’llaniladi. Ba’zan, Aerofotosuratga olishning vazifasi faqat joyning tutgan o’rni chegaralarini aniqlash bilan cheklanadi (kontur Aerofotosuratga olish), ba’zan topografik ulchashlar natijasida olingan relef haqidagi ma’lumotlar Aerofotosuratga olish yordamida olingan xaritaga tushiriladi (murakkab-kombinatsiyalangan Aerofotosuratga olish). Aerofotosuratga olish vositasida xarita tuzib, fotogrammetrik o’lchashlar natijasida relefni shu xaritalarga tushirish ham mumkin (fotogrammetriya). Uchish, fotosurat olish va tayyor fotosuratlarni o’lchash natijasida joyning plani — xaritasi tuziladi. Aerofotosuratga olish topografik xaritalar tuzishda, geologiya, tuproqshunoslik tadqiqotlarida, o’rmonchilik va yer tuzish ishlarida, yo’l va yer gidrotexnika inshootlari qurish, harbiy ish va boshqalarda qo’llaniladi. Aytib o’tilgan ishlarda qo’llaniladigan Aerofotosuratga olishning eng muhim qismi olingan fotosuratlarda joyning hamma tafsilotlarini topa bilish (deshifrlash — shifrni echish) va ularni xaritaga aniqtushirishdir. Aerofotosuratga olish qaysi sohada ishlatilishiga qarab, fotosuratdagi tafsilotlarni aniqlash — topografik, gidrotexnik, gidrogeografik deshifrlash turlariga bo’linadi. Harbiy maqsadda olib borilgan deshifrlash dushmanning mudofaa tizimini aniqlash, uning kommunikasiyam, aerodromlari va kechuv joylarini o’rganishdan iborat. Bundan tashqari, harbiy ishda yerdan turib aniqlab bo’lmaydigan ob’yektlar (narsalar)ning koordinatalari topiladi.