Paleotropik oblast

Paleotropik oblast, Pa- leotropik o’simliklar dunyosi — er sharidagi asosiy botanik-geografik bo’linmalardan biri. Eski dunyo Mate- rik qismining (Avstraliyadan tashqari) tropik iqlimli joylari-ni, shuning- dek, Hind va tinch okeanlardagi o.ni o’z ichiga olgan. Ba’zan P.o.ga Jan.-G’arbiy Afrikaning subtropik qismini hamda Yangi Zelandiya va unga yondosh orollarni (Yangi Zelandiya kichik oblasti) kiriti- ladi. P.o. shim.dan Golarktika oblasti b-n chegaralangan. P.o. o’simlikka boy. Oblastning ay- Rim qismlari suv havzalari orqali AJ- ralganligi, iqlim sharoitlarining tur- li-tumanligi, tarixiy taraqqiyotining mu-rakkabligi natijasida o’simliklari kuchli ixtisoslashgan. Flora tarkibi- da umumtropik o’simlik oilalaridan palmadoshlar, tutdoshlar, sutlamadosh- lar, tog’bekadoshlar (marinadoshlar) va b. ko’p uchraydi. Bu oilalardan anchagina qismini maxsus Paleotropik turkumlar tashkil etadi. Kosmopolit o’simlik oi- lalaridan bug’doydoshlar (boshokdosh- lar), hiloldoshlar, burchoqdoshlar ko’p. P.o. uchun dipterokarplar, pandauslar, ne-penteslar, endemik oilalar va b. xa- rakterlidir. P.o.da sernam tropik mus- sonli va savanna o’rmonlari, mangra cha- kalakzorlari, cho’l o’simliklari va b. keng tarkalgan. P.o.ni kichik oblastlarga bo’lishning ko’pchilik tomonidan qabul qilingan yagona printsipi yo’q. Ba’zilar P.o.ni ikki kichik oblastga — Maleziya va Hindiston-Afrika, ba’zan 10-15 kichik oblastga bo’ladilar. Endemik o’simliklar, ayniqsa, Gavayi, yangi Ze- landiya, Madagaskar orollari kabi kichik oblastlarda ko’proq uchraydi (yana q. Flo- ra oblastlari).