Pirogallol
Pirogallol, pirogallol kis- lota yoki 1,2, 3 — trigidrok-sibenzol — organik birikma, 3 atomli fenol; rangsiz, hidsiz, havoda qorayadigan kri- Stall modda. Mol.m. 126,11, suyuklanish t-rasi 133-134°, qaynash t-rasi 309°. Suvda, spirtda va efirda yaxshi eriy- Di, zaharli, kuchli qaytaruvchi. P.ning ishqoriy eritmalari molekulyar kislo- Rodni tez va miqdoriy yutish xususiyati- ga ega bo’lgani sababli gazlarni analiz qilishda qo’llanadi. Sanoatda galla kis- lotani kuruq haydab (dekarboksillab) olinadi. Analitik kimyoda, tibbiyotda va fotografiyada ishlatiladi. Ba’zi bir bo’yagichlarni sintez qilishda boshlan- g’ich modda hisoblanadi.