Pestalossi Iogann Genrix

Pestalossi Iogann Genrix (1746.12.1, Syurix — 1827.17.2, Brugg) — shveytsariyalik pedagog, boshlang’ich ta’lim nazariyasi asoschisi. Karolinum kollegiumining ikki kursini tugat- gan. Neyxofda «kambag’allar uchun mu- assasa», Stans sh.da etimxona, Burgdorf va Iverdonda in-tlar ochgan va ularga rahbarlik qilgan. P. fikricha, tarbiya- ning maqsa-Di insonlarning barcha ta- biiy kuchlari va qobiliyatlarini har tomonlama va uyg’un o’stirishdan iborat. Uning elementar ma’lumot nazariyasiga ko’ra, tarbiyalash oddiy elementlardan boshlanib, asta-sekin murakkabroq da- rajaga ko’tarilib borishi kerak. P. bo- lalarga ilk bor hisob, o’lchash va nutqni o’rgatish me-todikasini ishlab chikdi, boshlang’ich ta’limga geom., geogr., rasm solish, ashula, gimnastikadan oddiy ma’- lumotlarni kiritib, uning mazmunini kengaytirdi. Asosiy asarlari: «Lin- gard va Gertruda» (1781-87), «Oqqush qo’shig’i» (1826), «Gertruda o’z bolalari- ni qanday qilib o’qitadi» (1801).