«MUQADDAS RIM IMPERIYASI»

«MUQADDAS RIM IMPERIYASI» — o’rta asrlardagi imperiya (962— 1806). German qiroli Otton I tomonidan Shim. va O’rta Italiya (Rim b-n birga) bo’ysundirilgach (962 y.), tashkil top- gan. «M.R.i.»tarkibiga: Chexiya, Burgun- diya (Arelat), Niderlandiya, Shveytsariya erlari ham kirgan. Bu imperiya german zodagonlarining manfaatini himoya qilgan va bosqinchilik siyosati olib borgan. «M.R.i.»11 —13-a.larda Rim Pa- palari b-n investitura huquqini olish, Italiyaga xukmronlik qilish uchun ku- rashganlar. O’ttiz yillik urush (1618— 48)dan keyin imperator hokimiyati no- migagina saqlanib qolgan. Napoleon I ning g’alabasi tu-fayli «M.R.i.»ning bir qismi zabt etilishi va G’arbiy Ger- maniyada bir qancha hududiy o’zgarishlar qilinishi oxirgi imperator Frans II ni taxtdan voz kechishga majbur qilgan. Shundan so’ng «M.R.i.»rasman tugatil- gan.