Morastel, Monastel

Morastel, Monastel — vino- bop kechpishar uzum navi. Vatani — Is- paniya. Frantsiyaning Jan. va Italiyada o’stiriladi. 1890-1900 y.larda Qrimga keltirilgan. Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston va Tojikistonda r-nlashtirilgan. Bargidiam. 15-16 sm, kertikli, to’q yashil, orqa tomoni siyrak tukli. Guli ikki jinsli. 15-20 mayda gullaydi, iyul oxirida pishadi. Uzum boshi 175-200 g, tsilindrsimon, o’rtacha tig’iz. G’ujumi dumaloq, to’q zangori, usti mumg’ubor b-n qoplangan, po’sti o’rtacha qalinlikda, eti sersuv, shirin. Faol harorat yig’indisi 3100— 3200° bo’lganda 140-150 kunda pishadi. Tar- kibida 30% gacha qand bor. Hosildorligi 100-150 ts/ga. O’zbekistonning ko’pchilik viloyatlarida ekiladi. Uzumidan qizil portveyn va kagor desert vinolari tay- yorlanadi.