Mordin

Mordin — Turkiyaning Jan.dagi o’rta aerlarga oid kal’a. 13-a. 20-y.la- rida M. mustaqil bo’lib, uning hokimi Nosiriddin Ortuk, Arslon Mansur (1201-39). M. va Mayofarikinda hukm surgan ortuqiylar sulolasiga mansub edi. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozi- shicha, Amir Temur 1394 y. 3 yanv. Da M.ga kelib, uning hokimi Sulton Ali- ga kishi yuborib, «biz Misr va Shom sori mutavajjih bo’lduk. Sen bizning so’ngimizda bot kelgaysen!», degan. M. hokimi axdu shartig’a vafo qilmay, «mu- xolifat tariqasi andin zohir bo’ldi». Sohibqiron 1394 y. 29 yanv.da M.ga yurish qilib, uni qamal qilgan, 1394 y. 16 apr. da 2marta qamal qilgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, «Mordinga etib, shaharni o’rtada olib o’lturdilar… Sohibqiron bila shahzodalar va beklar otlanib naqqora va nafir chaldirub, qal’ag’a muta-vajjih bo’ldilar. Urush solib barchadin burun g’o’lning kishisi qalqonlar boshlarig’a tortib yuridi- lar. Va cherik to’rt yonidin suron solib, bari bir yo’la hamla qilib, qal’ag’a etishib, shotular qo’yub, qal’a ustiga chiqib, anda turg’on muxoliflarni surdi- lar, shaharg’a kirib shaharni oldilar». Shu asnoda Ulug’bek tavallud topgani haqidagi xushxabar kelishi munosabati b-n Sohibqiron M. aholisiga omonlik bergan. Ko’niya sultonligi va Japolid- din Manguberdi M.ni o’z tomonlariga og’dirish uchun ko’p harakat qilishgan. Nihoyat M. hokimi Jaloliddin tobeli- giga o’tgan. Ad.: Sharafiddin Ali Yazdiy, 3afar- noma, T., 1997. Faxriddin Hasanov