Mordva tillari

Mordva tillari —Finn-ugor tillari oilasiga mansub moksha (Mok- shamordva) va erzya (erzyamordva) tillari; Mordoviya, Boshqirdiston, Tatariston, Chuvashiston respublikalarida, RFning Nijniy Novgorod, Samara, Penza, Oren- burg, Saratov, Chelyabinsk kabi viloyatla- rida tarqalgan, 1 mln.dan ortiq kishi so’zlashadi. M.t.da juda ko’p aralash shevalar bor. Fonetik-fonologik jihatdan moksha tilida 40 fonema (7 unli va 33 undosh), erzya tilida 33 fonema (5 unli va 28 un- dosh) mavjud; ularnint talaf-fuzida muayyan farklar kuzatiladi. M.t.ning o’zaro yaqinligi eng avvalo grammatika va leksikada kurinadi; har ikkala til- ga agglyutinativlik xos, grammatik jins kategoriyasi esa yo’q. Otlar 10 dan ortiq kelishik b-n turlanadi. Lugat tarkibida ruscha so’zlar anchagina, shuningdek, tur- kiy, Boltiq, eroniy tillardan o’zlashgan so’zlar xam bor. Sintaksis sohasida rus tilining kuchli ta’siri sezila- Di. M.t.dagi ta-fovutlar tilning barcha sathlarida (ur-g’uning qaysi bo’g’inga tu- shishi, lug’at tarkibi) uchraydi. Bir paytlar yagona hisoblangan Mord- va tilining moksha va erzya lahjalari asosida 2 ta adabiy til: moksha adabiy tili va erzya adabiy tili shakllangan (20-a.ning 30-y.lari). 18-a. o’rtalaridan rus alifbosi asosidagi yozuvga ega.