Morenali relef
Morenali relef – muzliklar ta’sirida paydo bo’ladigan relef. Muz- liklar tog’jinslarini emirib, ularni bir joydan ikkinchi joyga ko’chiradi. Chekingan muzliklar yirik (g’o’latosh, xarsang toshlar), mayda (shagal) toshlar va qum xamda qumoq jinslarni qoldirib ketadi. Bu yotqiziqlar ko’pdan-ko’p te- palar, chuqurliklar (ko’pincha ko’llar) hosil qiladi. M.r. Rossiyaning Evro- Pa qismida keng tarqalgan va tuproq qatlami qalin bo’lganidan ancha tekis ko’rinadi. Tog’larda ham M.r.ni uchratish mumkin. Tog’larda vodiy yon bag’irlarida morenalardan hosil bo’lgan ayrim va qator tepaliklar ajralib turadi. Oxir- gi morena yotqiziqlaridan yoy shaklidagi morena uyumlari va xilma-xil tepali- klar paydo bo’ladi. Tog’lardagi morena yotqiziqlarida tuproq qatlami yupqaroq, lekin, unumdor bo’ladi. M.r. O’rta Osiyo tog’larida keng tarqalgan.