Kislorod

Kislorod (lot. Oxygenium, Yun. oxys — nordon va gennao — tug’moq), O — Mendeleev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 8, at. m. 15,9994. Ilk bor shved kimyogari K. Sheele (1771) seli- tra (KNO3, NaNO3)HH, marganes qo’sh oksid (MpO2)ni va ingliz kimyogari J. Pristli (1774) simob oksid (HgO)HH, surik (R^o^ni qizdirish natijasida bir-biridan mustaqil holda ajratib olishgan. 1775 y.da A. Lavuaze havo azot va kisloroddan iborat ekanligini aniqladi. Kislotalar tarkibida K. bor- ligidan Lavuaze uni oxygen, ya’ni «kis- lota hosil qiluvchi» deb atadi. K. tabi- atda eng ko’p tarqalgan element. Massasi jihatidan er po’stining 47% ini, suv- ning 85,82% ni, atmosfera havosining 23,10% ini (hajm jihatdan 20,95% ni) tashkil qiladi. K. juda ko’p (1400 tacha) mineral hosil qiladi. Tirik organizm- larda 70% atrofida K. bor; u ko’pgina organiq (oqsillar, yog’lar, uglevodlar) va anorganiq birikmalar tarkibiga kira- Di. Fiziologik jarayonlarda, ayniqsa, nafas olishda juda muhim rol o’ynaydi. Odam organizmi tinch turganda sutkasi- ga 300 l, jismoniy ish qilganda 10-15 marta ko’p K. sarf qiladi. Sarflangan K. mikdorini yashil o’simliklar tiklab tu- radi (q. Fotosintez). K. yonish; achish; chi- rish jarayonlarida ishtirok etadi; mas, yoqilg’ilarning yonishi uchun butun dunyoda har yili 9-10 t K. sarf bo’ladi. K.ning 3 barqaror izotopi bor: |6O(99,759%), |7O(0,037%), |8O(0,204%). K. atomining elektron kavati 2 ichki va 6 tashki elektrondan iborat bo’lib, 2s22p4 ko’rinishida ifodalanadi. K. atomining tashki qavati to’liq bo’lmagani uchun ki- myoviy birikmalarda K. atomi boshqa atomlardan elektronlar qabul qilib, manfiy zaryadli bo’lib qoladi. K.ning elektron yo’qotadigan birikmalari juda kam. K. molekulasi 2 atom O2 dan iborat; havoga yoki K.ning o’ziga elektr uchqunlari ta’sir ettirilganda molekulasi 3 atom K. dan iborat ozon (O3) hosil bo’ladi. K. ioni O2″ ning radiusi (qavslarda ko- ordinasiey sonlar keltirilgan) 0,121 nm(2), 0,124 nm(4), 0,126 nm(6) va 0,128 nm(8). K. molekulasi 1500° da to’liq dis- sosiasiyalanadi. Fizik hossalari. K. rangsiz, hidsiz va ta’msiz gaz: — 182,9° da zichligi 1,14 g/sm3 bo’lgan havorang suyuqlikka ayla- nadi, — 218,7° t-Rada esa qotib, ko’k kri- Stall hosil qiladi. Kristall holdagi K. bir nechta modifikasiyaga (a, fS, u — shakl o’zgarishiga) ega. Gaz holatidagi K.ning zichligi (0° va normal bosimda) 1,42897 g/l. K. 1 m3 suvda (20° va 1atm. da) 0,031 m\ 0° da esa 0,049 m3, etanolda 0,2201 m3, atsetonda 0,2313 m3 eriydi. Kimyoviy qossalari. K. eng faol (ftordan keyin) metallmas element, en- gil inert gazlardan boshqa hamma ele- mentlar b-n kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Ko’p elementlar b-n bevosita reaktsiyaga kirishadi; og’ir inert gazlar, galogenlar, oltin va platina bundan mu- stasno. K. boshqa moddalar b-n reaktsiya- ga kirishganda — oksidlanish reaktsiya- larida issiqlik ajraladi (ekzotermik reaktsiya). Odatdagi t-Rada K. vodorod b-n nihoyatda sekin reaktsiyaga kirisha- Di, 550° da esa reaktsiya portlash b-n da- vom etadi: 2N2+O2=2N2O. Oltingugurt, uglerod, azot, fosfor b-n normal sharo- itda juda sekin reaktsiyaga kirishadi. T-ra oshirilganda reaktsiya tezlashadi, element qizigach, yona boshlaydi. K.ning azot b-n reaktsiyasi endotermik (issiqlik yutilishi b-n boradigan) reaktsiya bo’lib, faqat 1200° da amalga oshadi. K. deyarli hamma metallarni, ayniqsa, ishqoriy va ishqoriy-er metallarini oson oksid- laydi. K.ning moddalar b-n reaktsiyaga kirishishida suv muhim rol o’ynaydi. Mac, kaliy o’ta faol metall bo’lishiga qaramay, suvsiz sharoitda (quruq) K. b-n reaktsiyaga kirishmaydi, lekin ozgina suv bug’lari ta’sirida odatdagi t-Rada kaliy K.da yona boshlaydi. K. metallar- ni oksidlab, korroziyaga sabab bo’ladi. Ba’zi metall oksidlari K. b-n birikib, peroksid birikmalarni beradi. Kata- lizator ishtirokida ammiakning K. b-n oksidlanishidan azot (P)-oksid (NO2) hosil bo’ladi (nitrat kislota ishlab chiqarishda shu jarayondan foydalanila- Di). Muhim issiqlik manbai — uglevo- dorodlar (tabiiy gaz, benzin, kerosin) ning K.da yonishi sanoat va turmushda katta ahamiyatga ega. Hujayralarda oziq moddalarning K. b-n oksidlanishi tirik organizmlar uchun energiya manbaidir. K. olishda: kimyoviy, elektroliz va fizik (havoni parchalash) usullaridan foydalaniladi. Kimyoviy usul ancha il- Gari kashf qilingan. Bunda Bertole to’zi (KSGO3) qizdirilganda parchala- nib, toza kislorod O2 (1 kg To’zdan 0,27 m3) ajralib chiqadi. Bu usulda olin- gan K.ning tannarxi qimmat va kam samarali bo’lgani uchun faqat lab. da qo’llaniladi. Elektroliz usulida suv- dan o’zgarmas elektr toki o’tkaziladi. Elektr o’tkazuvchanlikni oshirish uchun suvga o’yuvchi natriy (NaOH) eritmasi qo’shiladi. Bunda suv kislorod va vodo- rodga parchalanadi. Fizikaviy usul. K. hozirgi vaqtda, asosan, havoni parchalash yo’li b-n olinadi. Gazsimon havoni par- chalash juda qiyin, shuning uchun uni o’ta sovitib (-180°) suyultirish, so’ngra tar- kibiy qismlarga ajratish kerak. Dastlab azot, keyin K. bug’lanib chiqadi. Havoni membrana — to’siqdan saralab o’tkazish (diffuziya) usuli b-n ham lab.da K. olish mumkin. Sanoatda texno- logik (92-98% O2), texnik (1-nav 99,7% O2, 2-nav 99,5% O2 va 3-nav 99,2% o,) va suyuq (99,7% O2) K. ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, davo muolajalari uchun (tibbiy K. 99,5% o,) maxsus K. ishlab chiqariladi. Gazsimon K. po’lat ballon va ressiverlarda 150 yoki 420 ATM. Bosim ostida, suyuq K. metalldan yasalgan Dyu- ar idishlari yoki maxsus tsisterna-tan- Klarda tashiladi va saqlanadi. Metallurgiyada (q. Konverter, Kis- lorod bilan kesish va b.) va metallarni gaz alangasi b-n ishlash jarayonida pay- vandlash, sirt (yuza)ni toblash, shuning- dek, aviasiya, suv osti kemalarida texnik K. ishlatiladi. Texnologik K. esa kimyo sanoatida sun’iy suyuq yoqilg’i, surkov moylari, nitrat va sulfat kislota, me- tanol, ammiak va ammiakli o’g’itlar, me- Tall peroksidlari olishda qo’llaniladi. Suyuq K. portlatish ishlarida, reaktiv dvigatellarda va sovituvchi vosita sifa- tida lab.larda ishlatiladi. Sof K. katta balandliklarda, kosmik parvoz paytida, suv ostida nafas olish uchun va tibbiyot- da davolash maqsadida (q. Kislorod bi- lan davolash) qo’laniladi. Ad.: Razumovskiy S.D., Kislorod — Elementarnie formi i svoystva, M., 1979; Termodinamicheskie svoystva kis- loroda, M., 1981. Stalina Qosimova.