SINTSZYAN-UYG’UR MUXTOR RAYONI

SINTSZYAN-UYG’UR MUXTOR RAYONI, Sintszyan (mahalliy talaf- fuzdashinjon) — XXRning shim.g’arbiy qismidagi milliy o’lka (1955 y. 1 okt.da rasmiy tashkil etilgan). Tarixiy man- balarda Sharqiy Turkiston, do’g’i tur- kiston; Xitoy adabiyotlarida Sintszyan (1760 y.dan), 14-a.ga oid hujjatlarda va 16-17-a.larga oid fors tilida- gi qo’lyozmalarda Uyg’uriya, Uyg’uriston deb nomlangan. Muxtor r-n Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Rossiya, Mon- goliya, Afg’oniston, Hindiston b-n chega- radosh. Mayd. 1646,9 ming km2. Aholisi (rasmiy ma’lumotlarga ko’ra) 17,5 mln. kishi (1998), uyg’urlar (8 mln.), Xitoy- lar, shuningdek, 2 mln.ga yaqin qozoq, qirg’iz, mongol, do’ngon va b. millat va- killari yashaydi. Aholisi, asosan, ta- Rimdagi vohalarda va Jung’ariyadagi dare vodiylarida joylashgan Qashqar, Xo’tan, Yorkend, Oqsu, Kuchar, G’ulja sh.lari va ular atrofidagi viloyatlarda istiqomat qiladi. Bosh shaxri — Urumchi. Tabiati. Er yuzasining ko’p tshemi Jung’ariya tekisligi va Qashqar tekisli- gi (Tarim botig’i) b-n band. Qashqar te- kisligining markazini Taklamakon cho’li egallagan. Sharqiy Tyanshan (Tangritog) tog’lari (bal. 7000 m dan ziyod) Jung’ariya va Qashqar tekisliklarini ajratib tu- radi. Muxtor r-nning shimla Mongoliya Oltoyi, Jan. da Kunlunning shim. tiz- malari, Jan.garbida Krraqurum tog’lari (Chogori cho’qqisi 8611 m) joylashgan. Sharqiy Tyanshan tizmalari orasida Markaziy Osiyoning eng past eri — tur- fon botig’i (-154 m) joylashgan. Ikli-mi quruq, keskin kontinental, tekisli- Klarda iyulning o’rtacha t-rasi 20-25°, qishi sovuq, qorsiz. Urumchida yanv.ning o’rtacha t-rasi -15°, eng past tra -40°. Yillik yog’in tekisliklarda 200 mm dan tog’larda 800 mm gacha. Yirik daryolari: Tarim, ili, Irtishning yuqori oqimi, Urung’u va Manas. Yirik ko’llari — lob- nor, Obinur, Bag’roshko’l, Ulungu, Bogdo va b. Tuprog’i bo’zqo’ng’ir, cho’l tuprog’i. Chala cho’l va cho’l o’simliklari o’sadi. Tog’etaklari dasht. Tog’larda balandlik mintaqalari mavjud. Baland tizmalarda qor va muzliklar bor. Xo’jaligida etakchi tarmoq — q.x. Ishlanadigan erlar maydoni hududining 2% ni tashkil qiladi. Jami ekig’! may- donining yarmiga bug’doy, makkajo’xori va sholi, qolgan qismiga paxta, indov va b. ekinlar ekiladi. Rayonning shim. qismida chorvachilik rivojlangan. Qad. dan ipakchilik b-n shug’ullaniladi. Foy- Dali qazilmalardan neft, kumir, Nodir metallarga boy. Temir rudasi, grafit, nefrit, uran, simob, oltin konlari to- pilgan. Neftni qayta ishlash, Metallur- giya, mashinasozlik, kimyo, to’qimachilik sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan: gazlama, shoyi va gilam to’qish, metall, ko’n va charmdan turli buyumlar tayyorlash, qog’oz i.ch. bilan shug’ullaniladi. Hudud Xitoy- ning neft va kimyo sanoatlarining yirik bazasiga aylanib bormoqda. Sanoatining rivojlanishiga yo’l qurilishi ishlari xam o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Sharqiy Tyanshan bo’ylab kurilgan t.y. S.U.m.r.ni sharqsa Xitoyning ichki hududlari va Vetnam b-n, g’arbda Qozog’iston orqali Rossiya b-n, O’zbekistan, Turkmaniston orqali Eron va Evropa b-n bog’lab tura- Di. Hozirda t.y. Turfondan Kashkergacha olib borilgan. Xalqaro shosse yo’llar ham qurilgan. Tarixi. Taklamakon cho’li atrofida- gi arxeologik qazilmalar bu erda 4-5 ming yil muqaddam ancha yuksak madani- yatga ega hayot mavjud bo’lganligidan da- lolat beradi. Kad. Xitoy manbalarida o’lka Siyuy (G’arbiy yurtlar) deb nomlan- gan bo’lib, bundan 3-4 ming yil avval mavjud bo’lgan sirung (g’arbiy xalqlar) etnonimidan kelib chiqqan. O’sha vaqtda Sharqiy Turkistonda rung, g’arbiy rung deb nomlangan turkiy xalq yashagan. Kru- Ron, Turfon, Kusan, Qashqar (suli), yor- kend (Yuytyan), Xo’tan (Udun), usun kabi Hun ymperiyasi ta’siridagi davlatlar mavjud bo’lgan. Keyingi davrlarda ham bir qancha xonliklar qatorida Turfon davlati (Gauaochan) (460-640 y.lar) ham yuzaga kelgan. O’sha vaqtda Xitoyda mav- jud bo’lgan G’arbiy va Sharqiy Xan im- periyalari o’lkani qo’lga kiritish va Xi- toydan g’arbga boradigan yo’lni o’z nazo- ratiga olish uchun bir necha bor uringan. Sharqiy Turkiston Buyuk ipak yo’lida bo’lganligi sababli, u doim yirik davlat- lar e’tiborini tortib turgan. Mil. 3-a. da Sharqiy Turkistonning shim. qismi — Jung’ariya syanbi, 5-6-a.larda jujan, 6-a.ning 2-yarmida turk qabilalari nazo- ratida bo’ldi. Turk xoqonligi tuzilgan- dan so’ng, unga Sharqiy Turkistonning shahar-davlatlari kirgan. O’sha vaqtda buddizm rivojlanishi kjsaldi. 7-a.da Sharqiy Turkiston va Jung’ariyada tan sulolasining nazorati o’rnatildi. 7-a. ning 70y.larida uning Jan. qismi (hoz. Kuchor, Xo’tan, Qorashahar, Qashqar) ti- betliklar qo’l ostiga o’tdi. 9-a.da Uyg’ur xoqonligi emirilgandan so’ng, Urxun va Selenga daryolari havzasida yasha- gan uyg’urlarning bir qismi bu erga ko’chib o’tdi. Uyg’ur davlati tuzildi va u bir necha yil Qoraxitoylartht vassa- li bo’lgan. 13-a.ning 10-20 y.laridan Chingizxonga Gobe bo’ldi. 1251 y. G’arbiy Jung’ariya va Qashqar hududlari Chig’atoy ulusiga, shim. qismi Tarbag’atoy b-n bir- ga O’qtoy ulusi tarkibiga kirgan. Uyg’ur davlati esa mo’g’ul xonlari qo’l ostiga o’tgan. 1465 y.da do’g’lot avlodi vakili bo’lgan Abu Bakr boshchiligida markazi Yorkend sh. bo’lgan xonlik tashkil topdi. Keyinroq Xo’tan va Qashqar viloyatlari, 1499-1504 y.larda Oqsuv, Uchturfon VI — loyatlari ushbu xonlik doirasiga kirdi. 1514 y.da Yorkend taxtiga Tug’luq Temur avlodlaridan bo’lgan Saidxon o’tirdi. Keyingi ikki yil davomida Sharqiy tur- kistonning qolgan qismi ham shu xonlik ixtiyoriga o’tib, Sharqda uning chegarasi Buyuk Xitoy devori boshlangan joy (Chzya- yuyguan) gacha etdi. 16 —17-a.ning 1-yar- mida Yorkend xonligi xar taraflama yuk- salgan. 1635 y.dan Yorkend davlati shim. da, ya’ni Jung’ariyadagi oyrot qabilalari kuchayib, Oyrot xonligitl tuzdilar. 17- a. oxirida oyrotlar Ofoqxo’jani Yorkend xonligi taxtiga o’tkazdilar, shundan so’ng Yorkend xonligi Xo’jalar sulolasi qo’liga o’tdi. Manjurlarning Tsin sulolasi J8a. ning 60y.larida Sharqiy Turkiston- ni bosib olgach, bu hudud Xitoy tilida Sintszyan («yangi chiziq» yoki «yangi chega- ra») deb atala boshlangan. Tsin sulolasi- ning Sharqiy Turkistonni bosib olishi b-n birga bu erda o’sha vaqtdagi tuzumga qarshi qo’zg’olonlar kuchaydi. Uyg’ur va do’ngonlarning ko’zg’oloni natijasida (1862-77) bir necha mahalliy xonliklar (Kuchar, Qashqar, Xo’tan, Urumchi va ili sultonligi) tuzildi. Keyinchalik taxt uchun kurash kuchayib, oldingi xonliklar birlashtirilib, 2 davlat — Yoqubbek boshchiligida Ettishahar Uyg’ur davla- ti va do’ngonlarning shahar Ittifoqi (1864-72) vujudga keldi. Qo’zg’olon bo- stirilgach, bu hudud Sintszyan nomi b-n Xitoy provintsiyasi (Sheng)ga aylanti- rildi. 1911 -13 y.larda milliy ozodlik harakati natijasida Sintszyanda Tsin- lar hukmronligi tugatildi. Keyingi 40 yil davomida hokimiyat teztez o’zgarib turdi. 1944 y.da boshlangan «uch viloyat inqilobi» natijasida o’sha yili 12 no- yabrda Sharqiy Turkiston jumhuriyati e’lon qilinib, Alixonto’ra muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylan- Di hamda Milliy qo’shinga qo’mondon etib tayinlandi. 1949 y. sent.da ushbu jumhuriyatning aksariyat rahbarlari Pekinga muzokaraga uchib ketayotgan vaqtida aviahalokatga uchradilar. 1955 y. okt.da Sintszyan viloyati S.U.m.r. deb o’zgartirildi va XX R tarkibiga kiri- tildi. Osiyoning qad. mashhur Buyuk ipak yo’li shu joydan o’tganligi sababli uning madaniyati rivojiga samarali ta’sir ko’rsatgan. Shim.da Turfon, Qorashahar, Qashqar, Jan.da Miran, Xo’tan, Yorkend sh.lari vujudga kelib, o’lka G’arb b-n Sharq madaniyati o’rtasida ko’prik va- zifasini o’tadi. Shim. shaharlarda qad. madaniyat yodgorliklari ham saqlangan. Mil. AV. 1-a.da Hindiston ta’sirida bud- da dini tarqalib, serhasham tosh ibodat- xonalar qurilgan. Xalq amaliy san’ati asarlarida Oltoy, Sibir xalqlari ma- daniyatining ta’siri ko’zga tashlanadi. Qad. (3-a.) rassomlik san’ati asarlari — devoriy rasmlarda hind va sug’diylar madaniyati ta’siri sezilarli. Bu rasm- lar texnikasi va uslubi jihatdan O’rta Osiyodan topilgan devoriy rasmlar- ga ancha o’xshaydi. 6-7-a.lar san’atida sug’diylar san’atining ta’siri kuchli. Islom dini tarqalgan joylarda masjid va maqbaralar qurilgan. 10-11-a.larda ipak matoga, qog’ozga rasm ishlash, kitob miniatyurasi rivoj topgan. 13-14-a. larda shaxdr ansambllari, serhasham sa- roylar (Yorkenddagi Xon saroyi va omon- nisaxon maqbarasi, Qashqardagi xon o’rdasi, Hayitgoh majmuasi, Ofoqxo’ja maqbarasi va b.) qurilgan. Ularda O’rta Osiyo me’morligi ta’siri ko’zga tashla- nadi. Adabiyoti. O’lka adabiyoti uzoq tarix- ga ega, biroq adabiy meroslarning aksa- ri qismi saqlanmagan. Hududda 24 xil yozuvda va 17 xil tilda qo’lyozmalarning gopilishi bu erdagi adabiy jarayon tur- li madaniyatlar ta’sirida bo’lganligini ko’rsatadi. 10-a.da Arab alifbosi joriy etilishi b-n Islom madaniyati ta’siri kuchaygan. Qoraxoniylar davrida fan va adabiyot sohasida bir qancha yutuklarga erishiddi. Bunda Koshg’ariy, Yusufxos Hojib, Yugnakiy va b.ning hissasi kappa bo’ddi. 9-a.dan ovozsiz teatr (pantamimo), raqsli teatr, ibtidoiy drama teatrlari tuzildi, ular uchun sahna asarlari yozil- Di. Ularda mahalliy xalqning tari<i, madaniyati, urfodati, axloq va b. masa- lalar yoritildi. Hikoya, she’r, qo’shiq, Doston, afsona, latifa, maqola, tafsil kabi janrlar muhim o’rin tutadi. Qad. asarlardan «pir changgi», «Tangriqut haqida rivoyat», «Bo’kexon xaqida rivo- yat», dostonlardan «O’g’uznoma», «Dadad Qo’rqut», «olip artanggu» kabilar shular jumlasidan. Ular 6-a.da topilgan tosh bitiklarda saqlangan. Xorijlik olim- lar tomonidan nashr etilgan 10 jild- li turli tillarda yozilgan qad. Turfon bitiklari to’plamida Sharqiy Turki- ston adabiyoti o’z aksini topgan. Mazkur bitiklarda, iguningdek, o’lkadagi FA- lakiyotshunoslik, munajjimlik, yil, oy va kunlar jadvalini tuzish, tabobat sohasidagi bilimlar aks ettirilgan. «Erq bitik», «ikki Tekinning rivoyati», «Choshgoniy Elikbek», «Oltin yoruq» kabi bitiklar o’sha to’plamdan o’rin olgan. Kdd. ijodkorlardan Qo’g’irsur Oltin, oprin- chur tekin, otsang kabilar mashhur. 10-a. da «Maytrisimt» tohar tilidan uyg’ur tiliga tarjima qilingan, «moniga mathiya», «o’lum tasviri» kabi asarlar yozilgan. 13— 16-a.larda Sakkokiy, Ubay- dullo Lutfiy, Alisher Navoiy kabi yirik adiblar ijodi o’lkadagi adabiy jarayonni yangi riyujlanish bosqichiga ko’tardi. Yorkeid xonligi davrida Ayoz- bek Qo’shchi, Sulton Saidxon, Abdura- shidxon, Omonnisoxon, Qidirxon yor- Kandiy kabilar Vatan tuyg’usi, odillik, ishqmuhabbat kabi mavzularda asarlar yaratganlar. 19-20-a.larda Muhammad Imin Xo’jamquli, Muhammad I min Abdulla Xarabotiy, Mulla Bilol ibn Yusuf Xo’taniy, Shoir Qalandar, Mulla- niyoz Qori Sobir, Mullo Muso Sayramiy va b. yozuvchi va shoirlar etishib chikdi. 20-a.ning 10y.laridan o’lka yoshlari tur- kistonda o’qishlari va o’zbek adiblari b-n muloqotda bo’lishlari sababli o’zbek adabiyoti ta’siri seziladi. 1980-90 y.lar yangi uygonish davri deb ataddi. Bu davrda Taifjon Aliev, turg’un olmos, Zuhriddin Sobir, Abdurahim O’tkir kabi adiblar etishib chikdi. O’sha davrda Xitoy adabiyoti ta’siri kuchaydi. Musiqasi. O’lka musiqasi uyg’ur, XI- toy, qozoq va b. xalqlarning musiqa an’- analaridan qaror toptan. Xitoyda nashr etilgan san’atshunoslikka oid asar- larda keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, S.U.m.r. musiqasi bir necha ming yil- liktarixgaegadir. Mil. AV. 2—1alarda «28 nag’ma», «sariq laylak qushi sadosi» kabi Sharqiy Turkiston musiqalari Xi- toy poytaxtida ham ijro etilgan. Tur- fonda topilgan tosh bitiklarda xam bu ulkada yuksak musiqa san’ati mavjudli- gi aks ettirilgan. Manbalarda, yozili- shicha, 3-4-a.larda Sharqiy Turkistonda katta ansambllar bo’lgan. Mac, budda oli- mi Kumrojuva (344-413) Xitoyga asir qilib olib ketilganda, u b-n birga 28 kishidan iborat ansambl ham bo’lgan. Su Jaf, Bagmantur kabi musiqachilar elga tanilgan. O’sha vaqtda musiqa sozlari xil- maxil bo’lib, ular rubob, nay, bo’lamon, surnay, dala nog’orasi, yondo’mbog’, jalla dopi, g’ungqo, yolg’uzak, dap (doira), ko- monchalardan iborat bo’lgan. Keyinroq ular qatoriga dutor, tambur, g’ijjak, Sato va chang qo’shilgan. Ularda turli cholg’u yo’llari, ayniqsa xalq va mumtoz raqs kuylari ijro etilmoqda. Uyg’ur ananaviy musiqasi uzoq davrlar davo- mida qaror topgan shakllarni o’z ichiga oladi: qad. parixon aytimlari («Perre ussuli»), dehqon ko’shiklari («qosh», «Suchi», «oma» va b.)dan tortib, mumtoz musiqa {muqom, sama va b.) janrlarga- cha. Vokal janrlardan ko’shiq, Yalla, ay- tishuv kabi xalq ko’shiqchilik ijodiyogi shakllari, professional yo’nalishdagi, turkum tarzida ijro etilayotgan sanam, naxshalar keng o’rin olgan. 20-a.da tur- Di Oxun alnag’ma, Ro’zi tanbur, Husanjon Jomiy, Zikri Alpatto, G’iyosiddin Barot kabi musiqachilar tanilgan. S.U.m.r.da «Muqom jamiyati» faoliyat ko’rsatmoqda. Uyg’ur dostonchiligida ishqiylirik («G’arib va sanam», «Tohir va Zuhra», «Layli va Majnun»), qahramonlik («Seit nochi», «Abdurahmon Xonxo’ja»), diniy («Sultoniy Jamjima») asarla- ri muhim o’rin tutadi. Uyg’ur an’anaviy musiqasida bir necha mahalliy uslub AJ- ratiladi: ili, Xo’tan, kumulturfon, do- lan va b. Tasviriy san’ati. Mil. 1—7alar- da o’lkada budda dini keng yoyilishi natijasida budda ibodatxonalari de- vorlariga diniy rasmlar chizish va haykaltaroshlik san’ati yuksaldi. Tur- fon, Kuchar yaqinidagi qizil ming uyla- ridagi rasmlar shular jumlasidan. 7-a. da yashab o’tgan musavvir Visa Irasang’u buddizmga oid devor rasmlarini chizib, yangi yo’nalishga asos soldi. Islom dini kirib kelishi b-n bu erda naqqoshlik va miniatyura rivojlana boshladi. O’sha davr rasmlarida tabiat manzaralari va hayvonot dunyosi aks ettirilgan. 20-a.da rassomlik san’atida xalq hayoti va Yi- rik shaxslar portretlarini chizish rasm bo’ldi. Bu sohada 1935 y.da Qashqarda tug’ilgan G’ozi Ahmadning asarlari alohida e’tiborga loyiq. Abdulahad Xo’jaev.