SAMARQAND QUZG’OLONI

SAMARQAND QUZG’OLONI — mahalliy xukmdorlar va rus pod- sho hukumatiga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’oloni (1868 y. 1-8 iyun). 1868 y. 1 mayda rus podsho qo’shinlari Samarqandni egallagach, general K. P. Ka- ufman shahar va uning atrofida joylash- gan viloyatlardagi mahalliy amaldorlar o’z o’rinlarida qoldirilganini, xalq bungacha mavjud bo’lgan soliqlarni pod- sho Rossiyasi xazinasiga topshirmogi lo- zim ekanligini e’lon qilgan. O’sha yilgi soliklar to’la undirilganiga qaramay, podsho hukumati aholiga qayta soliq solishni talab qilgan. Samarqand VI- loyatida general N.N. Golovachyov boshliq harbiybyurokratik hokimiyat tashkil qilinib, mehnatkash aholi mahalliy amaldorlar va podsho ma’muriyati to- monidan ezilishi S.q.ga sabab bo’lgan. 1 iyun kuni Amir Muzaffarning to’ng’ich o’g’li Abdulmalik to’ra boshchiligidagi qo’shinlar Shaxrisabzdan Samarqandga yo’l olishgan. Ularning etib kelishi b-n ruslarga qarshi qo’zg’olon boshlangan. Qo’zg’olonda xitoyqipchokdar, Nayman- lar, tuyoklilar, urgutliklar, Panjakent- liklar, qoraqalpokdar va shaharliklar qatnashgan. Qo’zgolonchilar dastlab Cho’ponota tepaligida yig’ilganlar. 2 iyun kuni qal’aga xujum boshlangan. O’sha davrda Samarqand qal’asining ik- kita darvozasi bo’lgan. Asosiy jangler Jan.da Ruhobod maqbarasi tarafida joylashgan Buxoro darvozasi atrofida bo’lgan. Ba’zi mulumotlarga qaraganda janglarda vatanparvarlardan 6 mingdan ziyod odam qatnashgan. Qo’zg’olonga dastlab Shahrisabz va Kitob beklari Jo’rabek va Bobobeklar, keyinchalik Abdulmalik tura rahbarlik qilishgan. Qo’zg’olonchilar rus askarla- ri joylashgan qal’aga qattiq hujumlar uyushtirishgan. Butun shahar aholisi qo’zg’algan. Biroq Amir qo’shinlari Zirabuloq jangida ruslar tomonidan tormor keltirilganini eshitgandan so’ng va 4 iyun kuni ruslar Shahrisabzga yurish boshlaganligi to’g’risida yolg’on mishmishga ishongan kitob va Shaqrisabz beklari Samarqanddan chiqib ketishgan. Keyinchalik qo’zg’olonni Ibod Salim- Boev, To’xtaxo’ja Na’lgar, Zokirboy Razzoqboev, Abdusharof Abdulfatovlar boshqarishgan. Kuchlarning zaiflashishi- ga qaramay samarqandliklar qo’zg’olonni to’xtatmay 7 iyungacha davom ettirish- gan, lekin qo’zg’olonchilar uyushtirgan hujumlar ancha susaygan. 2 kun mobaynida podsho qo’shinining 150 kishisi safdan chiqqan. 8 iyun kuni podsho qo’shiniga yor- damga ilg’or qismlar etib kelgandan key- in qattiq jang bo’lib, Samarqand ruslar tomonidan ishg’ol qilingan. 1868 y. 8 iyunda Kaufman buyrug’i b-n Samarqand birvarakayiga to’pga tu- tiladi. Shaharni batamom yoqib yuborish haqida buyruq olgan askarlar qirg’in boshlaydilar. 9 iyunda minglab kishi- ning yostig’ini quritgan Samarqand fo — jiasi boshlanadi. Qatli om 3 kun davom etadi. Yuzlab odamlar hech qanday ter- govsiz, so’roqsiz otib tashlandilar. 19 kishi, jumladan, qo’zg’olon faollari Si- birga surgun qilingan. Umuman olganda S.q. tarixda muhim o’rin tutadi. S. Ay- niynpnt fikricha, Abdulmalik to’raning harakati va qo’zg’olonchilarning jaso- rati tufayli Kaufman Buxoroga hujum qilishdan voz kechishga va sulh tuzishga majbur bo’lgan. Manba: Mirza Abdulazim Sami, Ta- rixi salatini mangitiyya, M., 1962. Ad.: O’zbekistonning yangi tarixi, 1 kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustam- lakachiligi davrida], T., 2000. Azim Malikov.