Stokgolm
Stokgolm — Shvesiya poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Melaren ko’lini Boltiq dengi- zining Saltshyon qo’ltig’i bilan bog’lovchi dare bo’yida va qirg’oqqa yondosh orollar- da joylashgan. Iqlimi mo»tadil ocean iqlimi, qishi nisbatan yumshoq (yanv. ning o’rtacha t-rasi — 3°gacha), yozi salqin (iyulning o’rtacha t-rasi 18°), seryomg’ir va kuchli shamollar bo’ladi. Yillik yog’in 600 mm chamasida. Atrofidagi kichikroq shaharlar bilan birlashib, katta S. aglo- merasiyasini tashkil qiladi. Aholisi 751,2 ming kishi (2000). Kadimda (mil. AV. 1-a.da) S. o’rnida qishloq bo’lgan. S. haqidagi ilk ma’lumotlar 1252 y.ga oid manbalarda uchraydi. 13-a. o’rtalarida shahar huquqini olgan, 14-a.dan Shve- tsiyaning bosh shahri. O’rta asrlarda S. hunarmandchilik markazi, muhim savdo porti bo’lgan. 1900y.lardan sanoati ja- dal rivojlandi, xususiy banklar tash- kil qilindi. Shahar t.y. orqali Gyoteborg, Malmyo va b. shaharlar bilan bog’landi. S.da xalqaro Kongress, konferentsiya va muzokaralar o’tkaziladi. Katta S. mam- lakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 10% ni beradi. Sanoa- tining asosiy tarmoklari — mashina- sozlik va metallsozlik. Mashinasozlik, asosan, elektrotexnika va radioelektro- Nika sohalariga ixtisoslashgan. Shu- ningdek, oziqovqat sanoati uchun usku- nalar, kompressorlar, transport mashi- nalari ishlab chiqariladi. Poligrafiya sanoati rivojlangan. Engil, oziqovqat, farmasevtika va kimyo sanoati korxo- nalari bor. S.da yirik banklar, sanoat kompaniyalarining boshqaruv organlari joylashgan. S. porti kJ ortibtushirish bo’yicha mamlakatda 4o’rinda. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Metropoliten qurilgan (1973). Shaharning tarixiy markazi — eski shahar o’rta asr ko’rinishini qisman saqlab qolgan. Shaharning savdoma’- muriy va madaniy markazi — normal- mda riksdag binosi, bank va kontsernlar boshqaruv organlari, un-t binosi, opera teatri, Markaziy vokzal va b. joylashgan. Me’moriy yodgorliklardan o’rta asr- larda Kuril gan Storchyurka va Riddar- xolmechyurka romangotika cherkovlari, Drotningxolm va Qirol saroylari, ra- tusha va b. saqlangan. S. — mamlakatning madaniy va il- miy markazi. Shaharda un-t, oliy texnika maktabi, tibbiyot inti, musiqa va b. san’- at maktablari, Shvesiya FA, Qirollik adabiyot, tarix va osori atiqalar akade- miyasi, q.x. akademiyasi, rasadxona, mil- liy, zamonaviy san’at, etnografiya, ta- biiytarix, dengiz, ochiq osmon ostidagi va b. muzeylar, kutubxonalar bor. S.da 25 dan ortiq teatr, tsirk akademiyasi faoli- yat ko’rsatadi. 1912 y.da S.da 5Olimpiada o’yinlari bo’lib o’tgan.