Slovenlar, slovinlar
Slovenlar, slovinlar — slo- veniya Respublikasidagi xalq. 2,3 mln. kishi (1990y.lar urtalari), jumladan, Sloveniyada 1,7 mln. kishi. Sloven ti- lida so’zlashadi. Dindorlari — katoli- klar, protestantlar va pravoslavlar ham bor. hoz. S. ajdodlari mil. 6-7-a.larda Dunay daryosining o’rta oqimi bo’ylari, Pannoniya pasttekisligi, Sharqiy Alp (Karantaniya)da yashagan. 8-a.da Karan- taniyalik S. germanlarga tobe bo’lib krlganlar. 13-a.dan sloven erlarining katta qismi Avstriya (1867 y.dan Av- striya-Vengriya) tarkibida. 1918 y. Ser-blar, xorvatlar va slovenlar qirolligi (1929 y.dan — Yugoslaviya) barpo etil- gan. 20-a.ning 1-yarmida millat bo’lib shakllangan. Yugoslaviya tarkibidan ajralib chiqqan S, 1991 y. 25 iyundan mustaqil davlat barpo etganlar. S. dehqonchilik, chorvachilik, bog’dorchilik, uzumchilik, asalarichilik va hunarmandchilik b-n shug’ullanadi.