«Sirdaryo haqiqati»

«Sirdaryo haqiqati» — ijti- moiy-siyosiy, iqtisodiy gazeta. Muas- Sisi Sirdaryo viloyati hokimligi. 1963 y. 1 iyundan Guliston sh.da o’zbek va rus tillarida nashr etiladi. Gaz. faoliyati- ning shakllanishida Sulton Akbariy, o. Qo’chqorbekov, T. Jamolov, S. Qodirov, Habib No»mon, M. Qodirov, Abbos Muhiddin, Hamid G’ulom, Rahmat Fayziy kabi jurnalist va yozuvchilar yaqindan yordam berganlar. Gaz.ga turli davrlarda Akmal Po’lat va I. Sulaymonov, S. Boqiev muharrirlik qilishgan. Mirzacho’lni o’zlashtirish, viloyat iqtisodiyoti va ma’- naviyatini ko’tarishda gaz.ning hissasi katta bo’lgan. Sahifalarida Sirdaryo viloyati ijtimoiy-siyosiy, iktisodiy, ma’naviy hayoti, dunyoda ro’y berayotgan voqealar, yangiliklar keng yoritib bori- ladi. Adadi 8000 (2003).