ZINDON

ZINDON (forscha) — mahbuslar saqlanadigan yer ostidagi zax va qorong’i joy, atrofi qal’aband qamoqxona. Qulchilik davrida paydo bo’lgan. Ko’proq hukmdorlar qasri, qal’asi ostida konussimon quduq shaklida qazilgan, 5-7 metr, yer osti suvi yuzada bo’lgan joylarda pishiq g’ishtdan, gumbaz shaklida yer ustida qurilgan. Zindonning obxona degan turi ham bo’lgan.