ZININ REAKTSIYASI
ZININ REAKTSIYASI aromatik nitro birikmalarni qaytarib aromatik aminlar olish usuli: ArNO2 + 3H2S » ArNH2 + 2S + 2H2O. Reaktsiyani 1842 yilda N. N. Zinin kashf etgan. Zinin reaktsiyasi asosida bo’yoqlar, farmatsevtik preparatlar, portlovchi, xushbo’y va dorivor moddalar olishda boshlang’ich mahsulot sifatida qo’llaniladigan turli aromatik aminlar sintez qilinadi.
O‘xshash so‘zlar
- ZININ NIKOLAY NIKOLAYEVICH
- ZINJANTROP
- ZINNAT FATXULLIN
- ZINO
- ZINOVYEV GEORGIY VASILEVICH
- ZINVAR
- ZIRA
- ZIRABOLDOQ






