ZININ REAKTSIYASI
ZININ REAKTSIYASI aromatik nitro birikmalarni qaytarib aromatik aminlar olish usuli: ArNO2 + 3H2S » ArNH2 + 2S + 2H2O. Reaktsiyani 1842 yilda N. N. Zinin kashf etgan. Zinin reaktsiyasi asosida bo’yoqlar, farmatsevtik preparatlar, portlovchi, xushbo’y va dorivor moddalar olishda boshlang’ich mahsulot sifatida qo’llaniladigan turli aromatik aminlar sintez qilinadi.