Kontuziya

Kontuziya (lot. contusio — lat eyish) — zarba natijasida shikastla- nish; butun a’zoi badan (yoki tananing ko’p qismi) lat eganda organizmning umumiy shikastlanishi. K. ko’proq havoda yoki suvda kuchli portlash ro’y berganda yuzaga keladigan qattiq to’lqin ta’si- rida paydo bo’ladi: qattiq narsa b-n urganda, zarang erga yiqilganda, qattiq kaltaklash natijasida (ko’z K.si), atmos- fera bosimi va vibrasiyaning keskin o’zgarishlarida ham K. holati kuzatila- Di. Mahalliy va umumiy, shuningdek, engil va og’ir K. farq qilinadi. Uning asosiy belgisi Markaziy va periferik nerv sistemasining zararlanishi, es- hushning yo’qolishidir. K. engil kech- ganda odam karaxt bo’lib, qisqa muddatga (bir necha min.ga), og’ir K.da butunlay va uzoq vaqt (soatlab va hatto sutkalab) hushini yo’qotadi, hatto koma vujudga keladi, aksari yurak va nafas faoliyati bo’ziladi, ichki a’zolarga putur etadi, amne- ziya ro’y beradi. K. ga yo’liqqan bemor o’ziga kelgach, kuchli bosh og’rigi va bosh ay-lanishidan bezovtalanadi, hech narsa eshitmaydi, gapira olmaydi (q. Gunglik). K. holati 1-4 kundan 1-2 haftagacha davom etib, keyin barcha alomatlar o’tib ketadi yoki uning ayrimlari (toliqish, uyqusizlik, qiziqqonlik, ishtaha yo’qolishi kabi astenik sindrom bel- gilari) surunkali tus oladi. Bosh miya K.sida miya chayqalishida uchraydigan belgilar b-n bir qatorda falajlanish, sezuvchanlikning buzilishi, harakat mu- vozanatining o’zgarishi va h.k. kuzatila- Di. Bemor darhol kasalxonaga yotqiziladi va tinch sharoit yaratiladi, uning ahvoli va jarohatlanish jarayoniga qarab zarur dori-darmonlar buyuriladi; zaruriyat bo’lsa, operasiya qilinadi.