Ipak, pilla tolasi

Ipak, pilla tolasi — ingichka, pishiq, yaltiroq, tovlanib turadigan tola; ipak qurtining ipak ajratuvchi ik- kita bezidan chiquvchi suyuqlikdan hosil bo’ladigan tabiiy to’qimachilik xom ashyo- si. I. ipak qurti pillasini o’rab tur- gan uzunasiga bir-biriga yopishmagan, serisin (ipak elimi) b-n qoplangan va elimlangan ikki toladan iborat. Bu to- Lada 70-75% fibroin (oqsil modda), 20-25% serisin, 2-3% turli mineral moddalar, 1 — 1,5% mum va yog’lar bor. Ipak qurtining turiga qarab, pilla to- lasining uz. 400-1500 m, ingichkaligi- ni ifodalovchi ko’rsatkich — metrik no- meri (№) 2500-3500 yoki 0,4—0,3 teks bo’ladi. Bitta pilladan olinadigan tola juda ingichka bo’lgani sababli sanoatda ishlatilmaydi. Pillakashlik f-kasida pillani qaynatib, har bir pilladagi tola uchi topib, chuviladi. Tolalarning 5-10 tasi uzunasiga qo’shib yigiri- lib, kalava holidagi xom ipak olinadi. Qaynatilgan pillaning ham-masidan I. chiqmaydi; pilla tolasining 10-15% g’umbak b-n birga qoladi. Bu qoldiq pilla chiqindisidir. Ular- ni ham yigirib I. olinadi. Nam I. tola- sining pishikligi 10-15% ga ka-mayadi. I. yaxshi elektr izolyasiya materiali hisoblanadi. I. olish uchun katta mehnat sarf bo’ladi. Shu sababli I. qimmatbaho to’qimachilik xom ashyosiga kiradi. I.dan shoyi to’qish, pishitilgan ip tayyorlash va texnika, aviasiya, kosmonavtika, elektro- texnika maqsadlarida foydalaniladi (q. Pillachilik). Zohidjon Obidjonov.