Instsenirovka

Instsenirovka (lot. in — da, scaena — sahna) — adabiy asar (roman, qis-sa, Doston, hikoya)ning sahna, televi- Denie, radio uchun qayta ishlanishi. Da- stlab I. 19-20-y.larda Evropada vujud- ga keldi va taraqqiy etdi. O’zbekistonda I.ning ilk namunalari 20-a. boshlarida yaratildi, 20-80-y.larda rivojlandi. Mas, Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdul- la Qahhor, Mirtemir, o’tkir Hoshimov va b.ning asarlari asosida yozilgan I.lar teatrlar sahnasida qo’yildi, te- levidenie orqali na-moyish etildi, radio to’lqinlari orqali eshittiril- Di. Agar I. asl nusxasidan tubdan farq qilsa, muayyan asar motivlari asosida yozilgan mustaqil pesa hisoblanadi. O’zbekistonda, mas, O’zbekiston Milliy akademik drama teatrida «Gang Daryo- sining qizi» (R. Tagorning «Halokat» romani asosida A. Ginzburg I.si), «Qutlug’qon» (Oybekning shu nomli ro- mani asosida T. Xo’jaev I.si) va b. I.lar qo’yilgan. I.da dramatik janr xususiyatlari hisobga olinadi, xususan, qahramonlar obrazini asosan dialog yordamida ochib berish, kuchli hayotiy zidtsiyatlarni ko’rsatish va yorqin siymolarni na-moyon etishga e’tibor beriladi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega ma-teriallarni sahna uchun adabiy jihatdan qayta ish- lash ham I. deyiladi.