Integral sxema
Integral sxema (is, integral mikrosxema) — juda ixcham (mikromi- niatyur) elektron qurilma. Elementla- ri (diodlar, tranzistorlar, rezistor- lar, kondensatorlar va b.) konstruktiv, texnologik va elektr jihatdan o’zaro uzviy bog’langan (birlashtirilgan) va o’ta zich joylashtirilgan bo’ladi. Uz- luksiz yoki diskret (uzlukli) elektr va optik signallar tarzidagi axborot- larni qabul qilish, qayta ishlash uchun mo’ljallanadi. I. s. quyidagi xillarga bo’linadi: elementlarni birlashtirish (integrasiya) usuli bo’yicha — yaxlit (monolit) va gibrid (tarkibiy) (osma diskret elektron asboblarlan foydala- nilgan) sxemalar; ishlov beriladigan signallarning xili bo’yicha — raqamli va analog sxemalar; is dagi elementlar soni N (integrasiya darajasi) bo’yicha — kichik (N< 102)? o’rta (N = 102 — -103), katta {N= W— 104) va juda katta (N> 104) sxemalarga bo’linadi. I. s. electron hisoblash mashinalari, nazorat-o’lchash apparatlari, aloqa texnikasi va b. sohalarda qo’llaniladi.