Intermediya
Intermediya (lot. Intermedius — oraliq) — 1) kichik, ko’pincha hajviy yo’nalishdagi pesa; dramatik spektakl oralig’ida (ko’pincha musiqa va balet o’yinlari b-n uyg’un holda) ijro etila- digan musiqali drama yoki opera. Drama- turgiya va teatr san’ati paydo bo’lishidan ko’p asrlar avval jahon xa-lqlari og’zaki ijodida yaratilgan. I. 15-a.dan G’arbiy Evropa teatrlariga ham ko’chib, 17-18- a.larda keng tarqalgan. O’zbekistonda I. atamasi iste’molda bo’lmagan bo’lsada, unga xos barcha belgilar qad. zamonlar- da yaratilgan og’zaki pesalarda mavjud bo’lgan. Masxarabozlik, qiziqchilik va qo’g’irchoq teatrlarining ijodkorla- ri bunday pesalar matnlarini o’zlari yaratib, o’zlari keng xalq ommasi oldida namoyish etganlar. Teatrshunos olim- lar O’zbekistonda xalq dramaturgiyasi va teatri (Birdiyor shum, Rizo qiyiq, Usmon qiziq, Ro’zigov, Shomat qiziq, Yusufjon qiziq va b.) namoyandalaridan «Maqtanchoq kishi», «er va xotin», «Mu- darris», «sudxo’r», «sarkardalar», «uy- lanish» va b. I. — pesalar matnlarini yozib olganlar. O’zbekistonda 20-a.ning 10— 20-y.larida o’tkazilgan «tomosha kecha-si», «teatr kechasi», «Sharq kecha- si» kabi madaniy-oqartuv tadbirlari- da, teatr to’dalari tomonidan qo’yilgan spektakllar oralig’ida ham I.lar ko’rsatilgan. Keyinchalik O’zbekiston televideniesida «miniatyuralar tea- tri», radiosida «tabassum ustaxonasi» bo’limlari tashkil etilgan. E. Karimov, R. Karimova, h. Tojiboev, M. Xolmedov, O. Asomov va b. artistlar I.ning mohir ijrochilaridir; 2) Fugyada mav-zularni hozirlovchi va bog’lovchi oraliqepizod; ba’zan interlyudiya deb ham ataladi.