Imomxo’jaev Ortiqxo’ja
Imomxo’jaev Ortiqxo’ja (1905.20.6, hoz. Andijon tumani — 1996.29.11, Toshkent) — xonanda, O’zbekiston xalq Hrfizi (1949). Ovo- zi (yuqori bariton) mayin. Ilgari- gi Oltinko’l tumanida -k-zchi, brigade boshlig’i (1929-41). Katta Farg’ona kanali qurilishida ishtirok etgan. M. Uyg’ur nomidagi Yangiyo’l musiqali dra- ma teatrida (1941-45) xonanda va aktyor. Jarchi, munajjim («Tohir va Zuhra»), Jaloyir («Muqanna») va b. rollarni o’ynagan. Muqimiy teatrida (1946-47), O’zteleradioqo’mitasi ashulachilar an- samblida (1946— 60), makom ansambli- da (1960-66) xonanda. Repertuaridan Hoji Abdu-Laziz Abdurasulovning «Samarkand ushshogi», «Guluzo-Rim», Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz)ning «Feruz», F. Toshmatovning «Istadim», K. Jabborovning «Vatan»,S. Kalonovning «Kelding» hamda mumtoz Farg’ona — Toshkent ashula yo’llaridagi «Chorgoh», «Baet — I», «Topmadim», «O’rtama», «Soyayi», «Ey, Nasimiy» kabi asarlar, O. Alimahsumov b-n hamnafaslikda «sa- rafroz etgani keldik», «boramiz» singa- ri katta ashulalar o’rin olgan.