Indigo
Indigo (ISP. indigo, lot. indicum, Yun. indicos — hindcha, qindniki), [(bis- (Z-okso-2 indolinilidei), 2,2 — bis- indolindigo] — ko’k-qizg’ish rangli kristall, 390-392° da parchalanish b-n eriydi, nitrobenzol, anilin, xloro- form, muz holdagi sir-ka kislota, kon- tsentrlangan sulfat kislotada eriydi; suvda, ishqorlar eritmalarida, etil spirti va dietil-efirda erimaydi. I. qadimiy, katta amaliy ahamiyat kasb etgan tibbiy bo’yoqlardan hisoblanadi. Uni Indegorera va indigo tutuvchi o’simliklardan olishgan. 19-a. da arzon va toza sintetik I. hosil qilin-Di hamda uni sanoat miqyosida olina bosh- landi. I. oson qaytariladi, sul-folash, galogenlash va shu kabi elektrofil o’rin almashinish reaktsiyalariga kirishadi. Uning rangi nur ta’siriga chidamli, nam holatda ishlashga, ishqalanganda ezilmaydigan va xlor ta’siriga kam be- riladigan xususiyatlari b-n ajralib turadi. I., asosan, tsellyuloza tolalari- dan qilingan ma-teriallarni bo’yashda, shuningdek, turli maqsadlarda ishlati- ladigan pigmentlar i.ch. da qo’llaniladi.