ZULAYHO
ZULAYHO – Sharq xalqlari og’zaki va yozma adabiyotida keng tarqalgan afsonaviy qahramon. Firdavsiy (10-asr), Ali (13-asr) G. Durbek (14-asr) va boshqa shoirlarning mashhur afsona, rivoyatlar va muqaddas kitoblar (Tavrot, Qur’on) ta’sirida yaratilgan «Yusuf va Zulayho» dostonlarida olijanob obraz sifatida gavdalanadi. Bu ishqiy-sarguzasht xarakteridagi asarlarda Zulayho Islom dini zaminida talqin etiladi. Qizning har bir xatti-harakati, nutqi, kishilar bilan munosabatida odob-axloqning yuksak namunalari o’z ifodasini topgan. Zulayho matonatli, qat’iyatli, kuchli irodali ayollarning umumlashma obrazi, chin sevgi-sadoqatning yorqin timsoli sifatida kuylanib kelingan.