Irlandiya oroli

Irlandiya oroli – Britaniya orollari arxipelagidagi Orol. Shi- mol, G’arb va Jan.dan Atlantika okeani, sharqdan Irlandiya dengizi o’rab turadi. Shim. va San-Georg bo’g’ozlari orqali Buyuk Britaniya o.dan ajralib turadi. Mayd. 84 ming km2, shim. dan ja-nubga uz. 450 km, eni 300 km atrofida. Qirg’oklari notekis, qo’ltiq va qoyali orollar ko’p. I. o.ning ichki qismi Markaziy tekislik, chekkalari past tog’lar (Karrantuill cho’qqisi, bal. 1041 m gacha) va platolar- dan iborat. Ikdimi mo»tadil, okean iqlimi, qishi yumshoq, yozi salqin va seryog’in. Daryo (Shannon va b.), ko’l (lox- Ney, lox-Ern va b.) va botqoqlik ko’p. O’simliklari yil bo’yi yashil bo’lib tu- radigan o’tloq va vereskzorlardan ibo- rat. I. o. ning katta qismida Irlandiya davlati, shim.sharqida Shimoliy Irlan- diya joylashgan. Yirik shaharlari — Du- blin, Belfast.