Gidrobiologiya
Gidrobiologiya (gidro… va biologiya) — biol.ning bir bo’limi, suv- da yashaydigan organizmlar va ularning yashash sharoiti b-n o’zaro munosabatla- rini hamda suv qavzalarining biologic mahsuddorligini o’rganadi. G. — ekolo- giya fani. Suv muhitidagi yashash sharoiti suv havzasining fizik-geografik xusu- siyatlari b-n bog’liq. Mas, suvning kimyo- viy tarkibi, xususan biogen elementlar va suvda erigan gazlarning tarkibi hamda ularning miqdori, suv tubi yotqiziqlari (cho’kindilari), suvning tiniqligi va b. xususiyatlar suvda yashaydigan organizm- lar faoliyati b-n bog’liq. G. hayot jarayon- larini geografiya fanlari — limnolo- giya va okeanologiya b-n birga o’rganadi. Suv muhitining biologik resurelaridan to’g’ri foydalanishning ilmiy asoslari- ni ishlab chiqish g.da muhim o’rin tutadi, chunki bu masalalar dengizlarda baliq ovlash, sholipoyalarda baliq etishti- rish, hovuz baliqchiligi, shuningdek suv hayvonlarini ko’paytirish va ovlash tad- birlari b-n bevosita bog’liq. Aholini va sanoatni toza suv b-n ta’minlash, ta- biiy suvlarni ifloslanishdan saqlash, ifloslangan suvlarning o’z-o’zidan to- zalanish jarayonlari hamda oqar suvlar- ni biologik tozalash usullari (Sanita- riya g.si) kabi biologik masalalar ham G.ning muhim yo’nalishidir. Suvning ifloslanganlik darajasi g. metodlari b-n aniqlanadi (suv sifatini biologic analiz qilish). Suv b-n ta’minlash va ke- malar qatnoviga xalaqit beradigan bio- logik sabablar (kemalarning korpusi, har xil apparatlari va gidrotexnik ku- rilmalarida, issiqlik elektrstantsiyala- rining trubalarida mikro-organizmlar- ning ko’payib ketishi, suv havzalarining suv o’simliklari b-n ifloslanishi) muammolari texnik g.ga kiradi. Gidro- akustikalarga doir ma’lumotlar — to- vushning tarqalishi va yutilishida plan- ktonning ta’sirini aniqlash ham g.ning vazifasidir. Flotdan foydalanishga xalaqit beradigan biologik sabablarni, shuningdek biolyuminessentsiyani navi- gasiya g.si, sholipoyalar o’g’itlanganida shu erdagi suvlarda sholi etishtirish b-n bir vaqtda baliq urchitishda gidro- biontlar rolini q. x. G.si o’rganadi. Ta- biiy suvlarni tasnif qilish, ularning biologik mahsuddorligini o’rganish, suv muhitidagi, moddalarning bio- logik aylanishi va suvdagi energiya oqimini suv havzalarida kechadigan biologik jarayonlarni tadqiq qilish ham g.ning vazifasiga kiradi. Gidro- biologik bilimlar va metodlardan suv havzalari oziq bazasini baholashda, baliqchilikda keng foydalaniladi. O’zbekiston suv havzalarini o’rganishni 19-a. o’rtalarida rus tadqiqotchilari A. Lemon (1814-42), F. Baziner (1842), A. I. Butakov (1848-49) boshlab bergan. Dastlab tadqiqotlar Orol dengizida baliq ovlash b-n bog’liq bo’lgan edi. 20- y. boshlarida Orol dengizi faunasini o’rganishda S. A. Zernov, L. S. Berglar- ning ixtiologiya va g. sohasida olib bor- gan tadqiqotlari alohida ahamiyatga ega. 1920 y.ga kelib O’rta Osiyo davlat un-ti va Orol baliqchilik st-yasining tashkil etilishi ixtiologik va gidrobiologik tadqiqotlarning ancha rivojlanishiga sabab bo’ldi. Bu davrda o’tkazilgan gi- drobiologik tadqiqotlarda ichki suv havzalaridan ovlanadigan baliqlar va shu suv havzalarining gidrobiologik re- jimi o’rganiddi. Suv havzalari va sholi- poyalarni gidrobiologik tadqiq qilish va ularda baliq o’stirish yuzasidan il- miy tadqiqot ishlari boshlab yuborildi (A. M. Muhammadiev). Gidrobiologik tadqiqotlar ayniqsa 20-a. o’rtalarida O’zbekiston FA Zoologiya in-ti va gidro- biologiya lab. tashkil etilishi b-n avj olib ketdi. Aynan shu davrda Kattaqo’rg’on, Qo’yimozor, To’dako’l suv omborlarida baliqchilikni rivojlantirish borasi- da bir qator tadqiqotlar o’tkazildi (M. O. Abdullaev, G’. K. Komilov, L. K. Si- birseva). 1967-79 y.larda suv ombor- larining gidrobiologik rejimi, ular- ning oziq bazasini aniqlash, shuning- dek sun’iy hovuzlarda o’stirilayotgan baliqlarning mahsuldorligini oshirish ustida ilmiy izlanishlar olib boril- Di (A. Omonov, M. O. Abdullaev va b.). 1979-81 y.larda suv havzalarining bio- logik rejimi, suvning ifloslanishi, suv hayvonlarining ekologiyasi, shu- ningdek baliqlar faunasining shaklla- nishi va baliq resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha i.t. ishlari amal- ga oshirildi (A. M. Muhammadiev, D. Mansurova, A. L. Shikidze va b.), 20-a. ning so’nggi yillarida suv havzalari hayvonot dunyosining biologik xil- ma-xilligini saqlash borasida i.t.lar olib borildi (K. Sattorov, B. Komilov, E. Togaev, V. Xegay, Yu. Golubenko, T. Solihov, U. Mirzaev, G. Rahmatullaeva, A. Kuzmetov va b.). G. sohasidagi ish- lar O’zbekiston FA Zoologiya in-ti, «O’zbaliq» korporasiyasiga tegishli akvakultura in-ti, O’zMUning biol. tuproqshunoslik f-tida va b. bir qancha ilmiy muassasalarda olib boriladi. Ulug’bek Mirzaev.