«Turon» kutubxonasi, Toshkent viloyati «Turon» ilmiy universal kutubxonasi

«Turon» kutubxonasi, Toshkent viloyati «Turon» ilmiy universal kutubxonasi — Respublikadagi eng yirik kutubxonalardan biri, ilmiyma’rifiy muassasa. 1918 y. Toshkent sh.da mustaqil ommaviy kutubxona sifatida ochilgan. 1919 y.da «Turon» nomi berilgan (1928-93 y.larda «oktyabr» nomi bilan atalgan). Kutubxona joylashgan binoda dastlab 1913 y. da ma’rifatparvar Abdulla Avloniy boshchiligida «Turon» teatr truppasi tuzilgan. Toshkent sh. ma’rifatparvarlarining «Turon» jamiyati tashabbusi bilan va ularning shaxsiy kitoblari va sovg’a qilgan jamg’armalari zaminida shu binoda kutubxonaga ham asos solingan (1913). «T.»k. Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, G’ulom Zafariy, Shokirjon Rahimiy, Mannon Uyg’ur kabi taraqqiyparvar zielilarni birlashtirgan hamda Vatan, millat ozodligi uchun kurashda yuksak o’rin tutgan ma’naviy muxit shu erda shakllangan. Dastlab 4 ming kitob bo’lgan kutubxona fondida 400 mingdan ziyod asar mavjud (2004). Noyob nashrlar orasida oktyabr to’ntarishiga qadar nashr etilgan asarlar, 1918 y.dan nashr qilingan gaz.lar jamg’armasi bor; hoz. kunda chop etilayotgan 100 ga yaqin davriy nashrlar va b. asarlar bilan kutubxona fondini to’ldirib boradi. «T.»k.da 8 bo’lim — ilmiy metodik, kitob fondini butlash, adabiyotlarga kutubxona usuli bilan ishlov berish, kitob saklash, ma’lumotbibliografiya, kitobxonlarga xizmat ko’rsatish (uquv zallari bilan), almashuv fondi, axborot va zamonaviy texnologiya bo’limlari bor. Kutubxona kitob ko’rgazmalarini, madaniyat merosiga bag’ishlab turli tadbirlar, taniqli olimlar, adiblar bilan ijodiy uchrashuvlarni muntazam tashkil qiladi, bibliografiya metodikasi bo’yicha qo’llanmalar nashr etadi. 1938 y.dan viloyatdagi 500 dan ortik, kutubxonalar uchun metodik markaz qisoblanadi, viloyat kutubxonalari xodimlarining malakasini oshirish kurslari tashkil etadi, seminartreninglar o’tkazadi. «T.»k.da avtomatlashtirish keng yo’lga qo’yilgan: O’zbekistonda birinchilardan bo’lib kutubxona jamg’armasidagi 75 ming nusxa o’zbek tilidagi adabiyotlarning elektron katalogini tuzish yakunlandi. Huquqiy axborotlar bilan ta’minlovchi markaz, internetga ulangan kompyuter xonasi va b. texnik vositalarga ega. Vazira Sobirova.