Gomologik qatorlar qonuni
Gomologik qatorlar qonuni, irsiy o’zgaruvchanl ikning gomologik qatorlar qonuni — N.I. Va- vilov tomonidan o’simliklarning tur- li sistematik guruhlaridagi irsiy o’zgaruvchanlikni qiyosiy o’rganish aso- sida ifodalab berilgan qonun (1920). G.q.q.ning asosiy mazmuni: genetik jihatdan yaqin bo’lgan turlar va tur- kumlar irsiy o’zgaruvchanlikning bir xil o’xshash qatorlariga ega bo’ladi; ular umumiy tizimda genetik jihatdan qanchalik yaqin bo’lsa, ularning o’zgaruvchanlik qatorlaridagi o’xshashlik shu qadar to’liqroq bo’ladi. Umuman o’simliklarning har qaysi alohida oi- lasi o’zgaruvchanlikning muayyan tsikliga egaligi, ya’ni oilani tashkil etuvchi bar- cha turkum va turlarda o’zgaruvchanlikning takrorlanishi b-n xarakterlanadi. Mukammal o’rganilgan tur tarkibida topilgan irsiy shakllar qatoriga asos- lanib, boshqa har qanday tur va turkum- larda ham xuddi shunday irsiy shakllar bo’lishini oldindan aytish mumkin. Tur va turkumlar kelib chiqishi jihatdan bir-biriga qanchalik yaqin bo’lsa, ular- dagi irsiy o’zgaruvchanliklar qatori ham shunchalik o’xshash bo’ladi. Har xil turga mansub g’o’za (G. barbadense, G. hirsutum, G. arboreum, G. herbaceum) belgilari- ning irsiy o’zgaruvchanlik qatori g.q.q.ga yorqin misol bo’la oladi: oq, malla va ko’k tolali shakllarni shu to’rt xil g’o’za tu- rining har biri tarkibida topish mum- kin. Ulardagi chigit, barg shakllari va b. belgilarining o’zgaruvchanligi qam parallel ravishda boradi. Javdar hamda bug’doyning tukli va tuksiz, qiltiqli va qiltiqsiz, oq va qizil, uzun va qisqa boshokli; ko’k, oq, qizil, sariq, gunaf- sha rang donli; kuzgi va lalmi, erta va kechpishar va h.k. shakllari borligi aniqlangan. Boshqa tur, turkum hamda oilaga kiruvchi o’simliklarda ham irsiy belgilar qatori xuddi yuqoridagidek parallel o’zgarishi mumkin. G.q.q. ke- rakli irsiy o’zgarishlarni maqsadga muvofiq olish usullarining biolo- gik negizi, madaniy o’simliklarning noyob belgilarga ega bo’lgan yangi na- vlarni yaratish va aniqlashda nazariy asos bo’lib xizmat qiladi (q. Selektsiya). Ad: Vavilov N.I., Zakon gomolo- gicheskix ryadov v nasledstven- Noy izmenchivosti, M., 1987. Bahodir Normatov.