Galluazit

Galluazit (belgiyalik geolog J. B. Omalius D’Allua nomidan) — gil minerali. Qatlamli silikatlar kenja sinfiga mansub. Kimyoviy formulasi Al4[Si4O10](OH)8-4H2O. Qo’shimchalari G’e+3; Sg3+. Monoklin singoniyali. Odatda oqrangli. Sarg’ish, qizg’ish, ko’kimtir xili ham bor. Qattiqligi 1-2,5. Sol. og’. 2-2,6. G. mumsimon va chinnisimon agregatlar. Kristallari cho’ziq. Nurash mahsuloti. Gabbro, diabaz va porfir tog’ jinslarining nurashidan hosil bo’ladi. G. O’zbekistonda Qurama tizmasida, Markaziy Qizilqumdagi tog’liklarda topilgan. RF (Jan. Ural, Xalilovo), Ukraina (Krivoy Rog), Belgiya, Marokash, Germaniyada uchraydi. Keramika xom ashyosi, mis, rux, nikel konlari darakchisi. Shuningdek katalizatorlar tayyorlanadi.