Gumboldt (Humboldt) Aleksandr

Gumboldt (Humboldt) Aleksandr (1769.14.9 — Berlin — 1859.6.5) — nemis tabiatshunosi, sayyoh, geograf. Berlin faning a’zosi (1800 y.dan), Peterburg faning faxriy a’zosi (1818 y.dan). Geogr.ning fan sifati- da rivojiga salmoqli hissa qo’shgan. Iqlimshunoslik, o’simliklar va hayvonot geogr.si, xaritagrafiya, okea- nografiya sohalarida tadqiqot ishlari olib borgan. 1799 — 1804 y.larda frantsuz botanigi E. Bonplan b-n birga Markaziy va Jan. Amerikani tadqiq qilib evro- paga qaytgach, to’plagan kollektsiyalari- ni 30 jildli asarida umumlashtirdi (1807-1834). 1829 y. Rossiya va O’rta Osiyoga kelgan. Ural va Oltoyga borib, qaytishda Qozog’istonning Semipala- Tinsk, Uralsk (yoyiq) sh.larida bo’lgan. Kaspiy dengizning shim. Sohilidan o’tgan. Tabiatdagi geografik zonallik va tog’larda balandlik mintaqalarini il- miy jihatdan umumlashtirishga harakat qilgan. Izotermalar metodini ishlab chiqib, shim. yarim shar uchun ularning taqsimlanishini ko’rsatuvchi sxematik xarita tuzgan. Magnit hodisalarining geografik tarqalishi masalalari- ni ishlab chiqqan va materiklarning o’rtacha balandliklarini hisoblagan. G.ning ilmiy qiziqishlari nihoyatda keng bo’lganligidan evropalik zamon- doshlari uni «19-a.ning Aristoteli» deb ataganlar. G. insonparvarlik va aql- idrok b-n ish ko’rish g’oyalarini targ’ib qilgan, irqlar va xalqlar tengsizligiga qarshi bo’lgan, tajovuzkorlik urushlari- ni qoralagan. G. nomiga bir qancha geogra- FIK ob’ektlar, jumladan Markaziy Osiyo va yangi Zelandiyadagi bir necha tog’lar, AQShdagi ko’l va Daryo, aholi punktlari, Grenlandiyadagi muzlik, tinch okeandagi dengiz oqimi, shuningdek, o’simliklar, mineral, oydagi krater va b. qo’yilgan. Berlin un-ti aka-uka Aleksandr va vil- gelm g.lar nomi b-n ataladi.