Gomeopatiya

Gomeopatiya (gomeo… va Yun. pathos — dard, kasallik) — davolash si- stemasi; uxshashni o’xshashi b-n davolash («o’xshashlik qonuni») degan yo’nalish bo’lib, bunda sog’lom kishida muayyan ka- sallik belgisini keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan dorilarning kichik do- zasi b-n bemorni davolash tushuniladi. G.ning asosiy printsiplarini nemis vrachi S. Xanemann (1755-1843) ishlab chiqqan (1796). G.da qo’llaniladigan do- rilarning deyarli barchasi farmakopeya talablari asosida tayyorlangan bo’lib, ular asosan turli o’simlik, hayvon mahsulotlari va minerallardan olinadi. Hoz. zamon gomeopatlari kimyoterapiya, jumladan sulfanilamid preparatlari va antibiotiklarnk zotiljam, sepsis va b. kasalliklarda qo’llashni tan olib, kimyoterapiyani gomeopatik vositalar b-n birga qo’llash kasallikning kechishi- ni engillashtiradi, deb hisoblaydilar. Ular og’ir kechadigan kasalliklar (yurak- tomir kasalliklari, bronxial astma va b.) da gomeopatik davo foyda bermaganda ilmiy tibbiyot vositalarini belgilan- gan dozalarda qo’llash lozim, deb e’ti — rof etadilar.