Totalitarizm

Totalitarizm (lot. totalis — yaxlit, to’liq) — 1) davlat boshqaruv shakllaridan biri (totalitar davlat). T.da jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan davlatning yalpi, to’la (Total) nazorati o’rnatiladi, konstitusiyaviy huquq va erkinliklar tugatiladi, bir shaxs, ijtimoiy guruhning (mas., harbiylarning yoki bir partiyaning) yakkahokimligiga so’zsiz bo’ysuniladi, muholafat va o’zgacha fikrlovchilar qatag’on qilinadi (mas., 20-a.ning 20-y.lari oxiridan boshlab fashistlar Italiyasidagi, nasistlar Germaniyasidagi T.ning turli shakllari, SSSRdagi kommunistik rejim, Ispaniyadagi frankizm va b.); 2) etatizm, avtoritarizmni oklovchi siyosiy tafakkur yo’nalishi. 20-a.ning 20-y.laridan T. Germaniya va Italiyadagi fashistlarning rasmiy mafkurasiga aylangan.