Timiryazev Kliment Arkadevich

Timiryazev Kliment Arkadevich [1843.22.5(3.6), Peterburg 1920.28.4, Moskva] — rus olimi, tabiatshunosdarvinist, o’simliklar fiziologiyasi maktabining asoschisi. Peterburg FA muxbir a’zosi (1890). D. I. Mendeleev boshchiligida o’simliklarni oziklantirish ustida ish olib borgan. Germaniya va Frantsiyada bo’lib, fizika, kimyo, botanika, agrokimyo va b. fanlar bilan shug’ullangan (1868— 70). T. Petrov nomidagi dehqonchilik va o’rmonchilik akademiyasida botanika o’qituvchisi (1870-92), ordinar prof. 1875, Moskva untida prof. (1878 y.dan). T. zamonaviy fotosintez ta’limotining asoschisi. O’simliklar fiziologiyasining dolzarb masalalari ustida ham tadqiqot ishlari olib borgan. Moskva Kishloq xo’jalik akademiyasi va Rossiya FA o’simliklar fiziologiyasi intiga T. nomi berilgan. As: Sochineniya, t. 1 — 10, M., 1937— 40.