TIMOR DENGIZI
TIMOR DENGIZI – Hind okeanining chekka dengizi. Avstraliya bilan Timor oroli oralig’ida. Maydoni 432 ming kilometr kvadrat. Akvatoriyasining 1/2 qismining chuqurligi 200 metrgacha, eng chuqur joyi 3310 metr (Timor botig’i). Yuza qismi suvining temperaturasi 25° dan 29° gacha. Sho’rligi 34— 35%o. Suv ko’tarilishi har yarim sutkada takrorlanadi, balandligi 3-4 metr. Janub sohilida Darvin porti (Avstraliya) bor.
O‘xshash so‘zlar
- Timor
- TIMPAN
- Timpanal organlar
- Timsohlar
- TINBERGEN (TINBERGEN) NIKOLAS
- Tinbergen (Tinbergen) Yan
- Tinch okean
- TINCH OKEAN BURMALANISHI


