Gubin Viktor Ivanovich

Gubin Viktor Ivanovich (1917.24.11, Vladivostok — 1975.22.4, Toshkent) — geofizik, O’zbekistan FA muxbir a’zosi (1962), fiz.mat. fanlari dri (1958), prof. (1960), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1967). ToshDUni tamomlagan (1941). Toshkent Irrigasiya va q.x.ni mexanzasiyalash muhandislari in-tida ishlagan (1945 — 58), O’zbekistan FA matematika in-ti direktori o’rinbosari (1958 — 60) va direktori (1960 — 62), bo’lim boshlig’i (1963 — 75). O’zbekistan FA Fizika-texnika va matematika fanla- ri bo’limi akad. kotibi (1962 — 63). G. frontogenez uchun qulay sharoit vujud- ga keltiradigan usullarni topgan, Mete- orologik elementlarni oldindan aytib berish masalalarini tekshirgan; t-ra va bosimning advektiv o’zgarishlarini ol- dindan hisoblash va bosim bo’yicha sha- mol tezligini aniqlash usulini ta’rif- lab bergan, qisqa muddatli ob-havoni oldindan aytib berishning miqdoriy usullarini mukammallashtirgan.