Gudkova Yekaterina Akimovna

Gudkova Yekaterina Akimovna (1928.26.1, Toshkent) — xor dirijyori, pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1989). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1950). Hamza nomidagi musiqa bilim yurtida (1947-56), Toshkent konservatoriyasida (1953 yildan) o’qituvchi, dotsent (1967 yildan), xor dirijyorligi kafedrasi mudiri (1979-88). O’zbekistonda xor san’ati rivojiga katta hissa qo’shgan.