GO’SHT VA SUT UCHUN BOQILADIGAN QORAMOL ZOTLARI

GO’SHT VA SUT UCHUN BOQILADIGAN QORAMOL ZOTLARI – bo’rdoqiga boqilganda ko’p go’sht-yog’ qiladigan, sog’in davrida ko’p sut beradigan mollar. Bularga Aberdin-Angus, shvis, Olatov, Kostroma, Lebedin, Bestujev, simmental kabi qoramol zotlari kiradi. Sigirlari vazni 450-550 kilogramm, buqalariniki 800-900 kilogramm. Sigirlari o’rtacha 2500-3000 kilogramm, ayrimlari 4000- 5000 kilogramm sut beradi. Sutining yog’liligi 3,7— 4,2%. Bu qoramollarning gavda tuzilishi pishiq, elini yaxshi rivojlangan. Semirtirilganda 56-58%, hatto 60— 65% (2-3 yoshli bichilgan buqalari) go’sht-yog’qiladi. O’zbekistonda shvis va Olatov zotlari yaxshi iqlimlashgan. Ko’pchilik viloyatlarda, ayniqsa, shvis mollari sof holda urchitilib, mahalliy zotlarni yaxshilashda foydalanilmoqda.