Gibraltar

Gibraltar (Arab. Jabal at- Toriq— Toriq tog’i) — Buyuk Britani- yaning Pirenei ya. o. janubidagi mulki, qoyali yarim Orol va qumli bo’yinni egal- laydi. Mayd. 5,5 km2. Aholisi 27 ming kishi (1997). Neytral zona (kengligi 500 m) g.ni Ispaniyaning Lalinea sh.dan AJ- ratib turadi. G. qadimda yunon va Rim- liklarga Kalpe nomi b-n ma’lum edi. 711 y. Arab lashkarboshisi Toriq ibn Sayd qo’shin b-n bo’gozdan o’tib, shu qoyaga istehkom qurgan. G.ni 1309-33 y.larda va 1462 y.dan Ispaniya, 1704 y.dan An- gliya egalladi. G.ni ingliz gubernatori boshqaradi. 1968 y.da Angliya b-n Ispa- niya o’rtasida g.ni Ispaniyaga qaytarish to’g’risida muzokaralar bo’lib o’tgan, ammo har ikki tomon ham bir natijaga erishmagan. 1980 y.da bo’lib o’tgan qayta muzokaralar (1985 y.dan kuchga kirdi) natijasida gibraltarliklar va ispan- lar bir-birlarining hududlariga be- malol o’ta olish huquqiga ega bo’ldilar. G.ning er yuzasi ohaktoshlardan tu- zilgan, karst tog’lari bor. Sharkiy va shim. yon bag’ri tik. Ko’plab turistlar keladi. Xo’jaligi Buyuk Britaniyaning harbiy dengiz va havo bazalariga, chet el turistlariga xizmat ko’rsatish b-n bog’liq. Engil va oziq-ovqat sanoati va kema ta’mirlash korxonalari bor. Q. x. mahsulotlari etishtirilmaydi. Impor- tining 1/4 oziq-ovqat mahsulotlariga to’g’ri keladi. G. ochiq port, kuniga 200 kema kiradi.