YOY RAZRYAD

YOY RAZRYAD — elektrodlar orasida (gazlarda) ro’y beradigan elektr razryad. Ko’mir yoki metall elektrodlar orasida hosil bo’ladigan Volta yoyi yoy razryadga misol bo’lishi mumkin. Ikkita ko’mir elektrod orasida havoda yoy razryad sodir bo’layotganini birinchi marta 1802 yilda rus olimi V. V. Petrov va undan mustasno 1808 yilda hind olimi G. Devilar kuzatishgan. Elektr manbaiga ulangan ikkita ko’mir elektrod birbiriga yaqinlashtirilganda cho’g’lanadi va katodsan elektronlar chiqa boshlaydi. Elektrodlar birbiridan uzoqlashtirilganda ular orasida yorqin yoy hosil bo’ladi. Elektrodlar (asosan, katod) ning temperaturasi 3000-3600 K ga yetadi. Gaz bosimi 20 ATM ga yetganda yoy temperaturasi 6000 K ga yaqinlashadi. Yoyning yuqori temperaturasi tufayli ionlanish ro’y beradi. Shuning uchun elektrodlar orasida yaxshi elektr o’tkazuvchanlik paydo bo’ladi. Bundan tashqari, elektron emissiya tufayli katodga yaqin soha qarshiligi kichik bo’ladi. Bular kichik kuchlanishda ham elektrodlar orasida yoy razryad yuz berishiga sabab buladi. Elektrodlar juda (bir necha santimetrgacha) yaqinlashganda yoy razryad kuchlanishi 40-50 V ga yetadi. yoy razryaddan elektrotexnika, elektr payvandlash, yoy iyechlarida metall eritishda, gaz razryadli yorug’lik manbaida, plazmatronlar, lyuminespent lampalar, Gazotron va boshqalarda foydalaniladi.