58-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

5701. Ushbu oʻsimlik chuchmomadoshlar oilasiga mansub oʻtlar turkumi hisoblanadi. Piyozboshli koʻp yillik oʻsimlik. Bargi nashtarsimon. Guli odatda sariq yoki oq rangda boʻladi. Bundan tashqari bizni tilimizda tovush oʻzgarishiga uchrab boshqacharoq talaffuz qilinadi. Bundan tashqari u Uels davlatining milliy guli hisoblanadi. Diqqat savol, ushbu oʻsimlikni yozib bering?
Javob: Narsiss
Qabul: Nargiz
Izoh: aslida Narcissus deb ataladigan ushbu oʻsimlik oʻzbek tiliga Nargiz tarzida oʻzlashgan. Uels davlatining milliy ramzlari qatori Narssis va Zafaron ham kiradi.

5702. Bu inson yoshligida yurishga qiynalib, keyinchalik tinmay yugurgani, bu unga yetmay kosmosga parvoz qilgani bilan mashhur. Keyinchalik qamoqxonada nazoratchisi bo’ldi. Samolyot boshqarib, halok bo’lishiga bir bahya qolgan edi. Diqqat savol : Bu inson kimligini topgan bo’lsangiz 2022-yilda uni qaysi ismda chaqirishganini «Oʻrgimchak odam» filmidagi sakkizoyoq doktor bilan adashtirmasdan yozib bering?
Javob: Otto
Izoh : Savol matnida Tom Henks filmlariga ishora qilindi. «Forrest Gamp», «Apollon 13», «Yashil yo’lak» «Gudzon» va Tom Henksning 2022-yilda «Uni Otto deb chaqirishadi» filmi ekranlarga chiqdi. Aytgancha»Oʻrgimchak odam» filmidagi sakkizoyoq doktorning ismi ham Otto Oktavius edi. «Okta» sakkiz degani.

5703. Skandinav mifologiyasidagi Odinning yordamchilari, nayza va dubulgʻa bilan qurollangan jangchilar. Ikkinchi jahon urushi paytidagi Adolf Gitlerga suiqasd uyushtirish uchun uyushtirilgan operatsiya nomida ham ushbu mifologik jangchilar nomi uchraydi. Mashhur franshizada esa qirol oʻz yurtini unga topshirib, oʻzi Yulduzlar lordi bilan sayohatga ketadi. Diqqat savol, ushbu jangchilarning nomini yozib bering?
Javob: Valkiriya
Izoh: Gitlerga suiqasd uyushtirish uchun uyushtirilgan operatsiya nomi Valkiriya operatsiyasi. Tor filmida esa Tor oʻz yurti Azgard ni Valkiriyaga topshirib ketadi.

5704. Savol matnida bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan.
U oʻrtasidan ikki tomoniga narsa buyum solish uchun ikki koʻzi boʻlgan, yelka yoki egarning ikki tomoniga osiltirib qoʻyish uchun moʻljallangan kichik qop yoki halta nomi. Bir marosimdan soʻng esa Uning olasi haqidagi iborani hazil tariqasida ishlatiladi.
Diqqat savol: harflari tushib qolgan soʻzni toʻliq yozib bering?

Javob: Hurjun
Qabul: Xurjun
Izoh: boʻyniga ola hurjun osildi

5705. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida ushbu soʻzga quyidagi ta’rif berilgan: chin yurakdan, ishonch bilan berilish, astoydil muhabbat, mehr. Misol tariqasida Abdulla Qodiriy qalamiga mansub «Oʻtgan kunlar» asaridan quyidagi parcha ham keltirilgan: Qutidorning javobidan samimiyat va u maʼnolari tomib turar edi. Biz biladigan u haqidagi maʼlumotlar orasida 112 va 4 sonlari eslab oʻtiladi. Diqqat savol, uni aniq yozib bering?
Javob: Ixlos
Izoh: Ixlos surasi 112-sura boʻlib 4 oyatdan iborat.

5706. 2008-yilda dunyo yuzini koʻrgan mashhur «Zulmat ostonasidagi muhabbat» yoxud «Sumerki» filmi bu davlatda umuman suratga olinmagan boʻlsa-da, ushbu kinodan keyin bu davlatga sayyohlar oqimi koʻpayadi. Bunga esa ushbu film emas balki 1897-yilda ilk bor nashr etilgan asar sababchi degan fikrlar ham bor. Chunki ushbu asar qahramoni bu davlatda yashagan. Diqqat savol, asarni topgan boʻlsangiz, bizga bu davlatni yozib bering?
Javob: Ruminiya
Izoh: «Sumerki» filmi qahramonlari asosan Vampirlar hisoblanadi. Brem Stokkerning «Drakula» asari esa 1897-yilda nashrdan chiqqan.

5707. Kuchli yomgʻir paytida inglizlar bir iborani ishlatishadi. Ushbu iborada 2ta bir-birini quvib yuradigan hayvon tilga olinadi. Lekin shunday soʻz birikmasi borki, Gondurasning Yoro shahrida doimiy ishlatiladi. Ular inglizlardan farqli ravishda 2ta jonzot oʻrniga boshqa bittasini ishlatishadi. Bu hodisa tornado va Sunami koʻp boʻladigan joylarda amalga oshadi. Diqqat savol, ushbu hodisada ishlatiladigan jonzotni yozib bering?
Javob: baliq
«Baliq yomg’iri» deb nomlanuvchi bu hodisa, tornado yoki bo’ron kabi kuchli shamollar baliqlarni suv havzalaridan ko’tarib, uzoq masofalarga olib o’tganda sodir bo’ladi. Shamol pasaygach, baliqlar bulutlardan yomg’ir tomchilari bilan birga tushib, mahalliy aholini hayratga soladi va ba’zida quvonch keltiradi. Ushbu hodisa muntazam ravishda sodir bo’ladigan eng mashhur joylardan biri Gondurasning Yoro shahri bo’lib, u yerda «baliq yomg’iri» yillik hodisaga aylangan

5708. Diqqat xonimlar va janoblar 1997-yil Kubada tugʻilgan ushbu qoʻshiqchi nafaqat qoʻshiq aytgan balki koʻp qoʻshiqlarini oʻzi yozgan. Ushbu qoʻshiqchida yana 3 xil millat bor: amerika, meksika va kuba. 2012-2016-yillar oraligʻida Fifth Harmony guruhi bilan ishlagan. Bu qoʻshiqchi uyatsiz boʻlganmi yoki yoʻq bundan savol muallifining xabari yoʻq. Diqqat savol, ushbu qoʻshiqchini bir xil harfdan boshlanuvchi 2ta soʻzda yozib bering?
Javob: Kamilla Kabello
Izoh: Shameless, señorita

5709. Nensi Springer tomonidan yozilgan fantastik romanlar turkumidagi qahramon Yolgʻiz Holms boʻlib, akasi kabi koʻplab sirlarni ochishga harakat qiladi, hattoki koʻplab joylarda akasidan oʻzib ham ketadi. Toʻliq ismi sharifi Yolgʻiz Eudotia Heddasa Holmes boʻlib, kitobdagi maʼlumotda 1874-yilda va 2020-yilda efirga uzatilgan filmda 1868-yilda tugʻilgan.
Biz yuqoridagi maʼlumotlarda bitta soʻzni boshqasiga almashtirdik. Diqqat savol, almashtirilgan soʻzni asl holida yozib bering?

Javob: Enola
Izoh: Enola Holmes o’sha mashhur Sherlok Xolmsning singlisi hisoblanadi. Agar Enola soʻzini teskari tartiblasangiz inglizcha Alone yani yolgʻiz soʻzi kelib chiqadi. Biz esa yolgʻiz soʻzini Enolaga almashtirgan edik.

5710. Uning tug’ilgandagi ismi Chan Kon San. Asl ismi Chen Ganshen bo’lib, ,,Chen Gonkongda tug’ilgan” degan ma’noni anglatadi. Ba’zi ma’lumotlarda haqiqiy ismi Fan Shi Lun deb ko’rsatilgan. Qizig’i otasi Charlz va onasi Lili kambag’allik bois uni 1500 gonkong dollariga sotmoqchi ham bo’lishadi. Diqqat savol: Sug’urta kompaniyalarining ,,qora ro’yhati” da turuvchi bu shaxs kim?
Javob: Jeki Chan

5711. Alfani 1958-yilda Enrike Bernat o’ylab topgan. Shu vaqtda uning birinchi shiori ham o’ylab topilgan. ,,It’s round and long-lasting” (U dumaloq va davomli). Diqqat savol: Salvador Dalidek o’ylab o’tirmay Alfani toping.?
Javob: Chupa chups?
Izoh: Dali suratini chizgan

5712. Ularni har kuni ko’plab uchratishimiz mumkin. Yaqinda ularga e’tibor qildim va bir narsaning soni kamayganligini sezib qoldim. Maktabda o’qib yurgan paytlarimda ularning soni 6 ta edi. Hozirda 5 ta bo’lib qoldi. Ularning doimiy sherigi ham bor. Ular avvalgidan ko’proq. Avval 1 ta bo’lgan bo’lsa, hozir 5 ta. Bu narsaning zamonaviysida yana bir element qo’shilgan. O’sha elementni toping?
Javob: O’zbekiston bayrog’i
Izoh: Gap avtomobillardagi davlat raqamlari haqida ketyapti. Eski variantda raqamlar 6 ta, harflar 1 ta edi. Yangisida raqamlar ham harflar ham 5 ta

5713. Bu «olim” 2001-yil 15-yanvarda dunyoga keldi. Uning otalari unga ismni qo’yishda ikki so’zdan foydalanishgan. Birinchisi ismining birinchi qismi gavaycha tez degani. Ikkinchi qismi esa uning vazifasini bajaradigan boshqa bir «olim” ismining ikkinchi qismi bilan bir xil. Familiyasi esa unga bog’liq. Uni eslasam negadir ko’zimga mozaykalar ko’rinadi. Olim nomini ayting?
Javob: Wikipediya
Izoh: Bu electron ensklopediyaning nomi wiki-tez, pedia- ensklopediyaning ikkinchi qismi tarzida yasalgan. Uning belgisi mozaykali globus

5714. Aytishlaricha, Napoleon Ispaniyani okkupatsiya qilish vaqtida bir qishloq unga oziq ovqat yetkazib berishdan bosh tortadi. Shunda Napoleon jazo otryadi yuboradi. Lekin otryad chekinishga majbur bo’ladi. Nima uchun?
Javob: Buqalar tufayli.
Izoh: Chunki bu korrida uchun buqa yetishtirib beradigan qishloq edi. Qurol-yarog’siz bo’lgan qishloqliklar otryad yaqinlashishi bilan buqalarni qo’yib yuborishadi.

5715. Graf Shaxovskiy va Gyote uchrashuvi haqidagi hikoya adabiyot ixlosmandlari orasida ancha mashhur. 1802-yili Myunxendagi mehmonxonalardan birida mashhur shoir grafni choyga taklif qiladi. Shaxovskiy dasturxonda choydan boshqanarsa yo‘qligini ko‘rgach, tortinib o‘tirmay, buterbrod va yog‘liroq yegulik buyurtma beradi. Olmon va rus adabiyoti haqidagi gurunglar juda maroqli kechadi. Ertasiga knyaz Shaxovskiy birholdan hayron qoladi: kechagi yeguliklar uchun uning nomiga hisob qog‘ozi keltirishadi. Chunki “ziyofat”dan so‘ng Gyote ortiqcha pul to‘lashni rad etadi.
Nima uchun Gyote rad etgan?

Javob: U knyazni faqatgina choyga taklif qilgan edi.

5716. Kanadaning dori ishlab chiqaradigan kompaniyaning bir reklama plakatida ikkita uy tasvirlangan edi. unga ko’ra birinchi uyning ikkita xonasining chirog’i yongan, qogan xonalari o’chgan, ikkinchi uyning esa ikkita xonasining chirog’i o’chgan, qolgan xonalari esa yongan. savol: biz sizdan dori ishlab chiqaradigan kompaniyaning yoki dorining nomini emas, bizga ikkita kasallik nomini aniq ayting?
Javob: uyqusizlik va xurrak

5717. «X» vaziyatlarning juda chigal va murakkabligini, «X» ni kesish iborasi har qanday murakkab masalani va har qanday qiyinchiliklarni oson yo’l bilan hal qilishni anglatadi.
«X» ni kesgan «Y» haqida shunday ma’lumot uchraydi. «U dunyoni zabt etadi! Ammo diplomatiya bilan emas, qilich bilan».
Diqqat savol:»X» va «Y» ni topgan bo’lsangiz «Y» «X» ni qayerda uchratganlikini ayting?

Javob: Frigiya
Qabul: Ibodatxona
X-gordiy tuguni.
Y- Aleksandr Makedonskiy.

5718. Uy hayvonlari uchun eshik bo’lib, u uy hayvonlariga tashqariga chiqish va ichkariga kirish imkonini beradi.
Diqqat savol: U eshik qanday nom blan nomlanadi?

Javob: Pet door

5719. X — 1 dan 100 gacha bo’lgan an’anaviy shkala bo’lib, u oddiy fuqarolarning turli muassasalarga murojaat qilishda duch keladigan to’siqlar sonini o’lchaydi.
Diqqat savol: X ni 2 so’zda yozib bering?

Javob: Kafka indeksi

5720. U 1839 yilda Parijda Rene Armand Prudhomm oilasida tug’ilgan.
1907 yil 7 sentyabrda to’satdan vafot etdi. U Parijdagi Per Lachaise qabristoniga dafn etilgan. Fransiyaning yosh shoirlari uchun U mukofoti mavjud.
Diqqat Savol: U kim?

Javob : Suny PRODHOMME

5721. Savolda bir so’zda harflar tushib qoldirilgan
Ildizni ko’chirish uchun, avval unga yangi joy taxlanadi. Keyin, ehtiyotlik bilan atrofi qazilib, ildiz yerdan sug’irib olinadi. Ushbu jarayon yapon bog’bonlari orasida “nevsi” deb ataladi.
Diqqat savol: Menga harflarni o’z joyiga qo’yib asl holida yozib bering?

Javob: Nemavasi

5722. Bu ibora g’arazli masxara, nafratli kulgu yoki ba’zi hollarda yo’qotishning achchiq kulgusi sifatida ishlatiladi. Qadimgi Yunonistonda odamlarning o’lim vaqtida kulishlari ham shunday atalgan.
Bu iborani ayting?

Javob: Sardoncha kulgu

5723. O’zbek tilining izohli lug’atida «X» so’zining ildizi shunday izohlanadi: Qadimda uchi orqaga qayrilgan tig’li qilich «X» deb atalgan. Diqqat qiling, X mo’ylovning ham uchi orqaga qayrilgan bo’ladi.
X o’rnidagi 1 bog’inli so’zni yozib bering ?

Javob: Shop
Ibora esa : Shop mo’ylov

5724. Savolda 1 so’zda 5 ta harf tushib qoldirilgan.
Romana-qo’llar bilan soya hosil qilish usuli bo’lib, asosan sham yordamida yoritilgan xonada devor sirtiga turli hayvon, o’simlik va boshqa shakllar orqali ko’rsatiladi.
Tarqatmada ham siz Romanani ko’rib turibsiz .
Harflari tushib qolgan so’zni asl holida yozib bering?

Javob: Ombromaniya

5725. Yaqinda U millat olimlari Mona Lizaning ovozini qayta yaratishga muvaffaq bo’lishdi. Ovozni modellashtirish uchun olimlar uning dunyoga mashhur portretidan ayol yuzining suyaklari tuzilishini o’rganishlari kerak edi.
U millat nomli Sher ham bor
Bu qaysi Millat ?

Javob: Yapon

5726.Qaysi guruhning qoshig’i klipiga ishora qilinmoqda?

Javob: Via morakand-Zo’rsan

5727. Sevara Shamatovaning sherini tinglang
Har kim vafo qilsa, toparkin vafo,
Jafo qilsang agar, toparsan jafo
Yaxshi boʻl, koʻrmaysen yomonliq hargiz,
Oʻshal Andijonlik, Mirzo Xman!
X 1483-yili dunyoga kelgan bo’lib uning 1519) “Qobul devoni”, so‘nra (1529-30) “Hind devoni” sheriy to’plamlari bor
X o’rnidagi ismni yozib Bering?

Javob: Bobur

5728. Savolda bir so’zda harflar tushib qoldirilgan
Yozuvchi Devid Morrell o‘zining “Birinchi qon” romani qahramoniga nom topishda qiynalgan. Bir kuni uning rafiqasi olma sotib olib keladi va yozuvchi xotinidan olma navini so’raganda xotini: «Reo», -deb javob berdi. 
Morrellga bu nom yoqib qoladi va Reoni Vetnam faxriysi nomiga aylantirdi.
Menge so’zni emas tushib qolgan harflarni yozib bering?

Javob: mb
So’z esa- Rembo edi

5729. Men bu logotipni ko’rib birinchi hayolimga shu sport turida jamoalar logotipiga o’xshatdim .
Menga Sport turini emas U sport turidagi Instagramda eng ko’p obunachiga ega insonni yozib bering?

Javob: C. Ronaldo

5730. Oq to’rtburchak bilan bekitganni ikki so’zda yozib bering?

Javob: Basketbol to’pi

5731. XVI asrda italiyada kunlik bosib chiqarilgan bir varaqli xabarnomaning narxi 1 X .
X italyaning mayda tangasi va bu so’z hozirda boshqa ma’noda ishlatilib kelinadi.
X nima?

Javob: Gazeta

5732. Men rasmda qaysi 2 so’zni bekitdim?

Javob: Pryanishikov uchburchagi

5733. Savolda U so’zi ism familiya bilan almashgan
«U» mukofoti
«U » mukofoti — Chexiya Xalqaro Adabiy mukofoti hisoblanadi. Mukofot 2001-yildan beri topshirib kelinmoqda.
U kim?

Javob : Frans Kafka

5734. Bu mushuk nomi bir imoratning nomi bir xil?
Menga javobni yozib emas uning rasmini yuboring?

Javob: Sfinks

5735. Bu Insonning bitta qissasi har yili «Yosh Kitobxon » tanlovida o’qish uchun qo’yiladi va bu qissa nomida dengiz so’zini uchratamiz.
U inson kim?

Javob: Ernest Heminguey

5736. Bu reklama plakati orqali siz osongina plakat nimani reklama qilayotgani va qaysi kompaniya tomonidan chiqazilganini topishingiz mumkin, ammo siz manga kompaniya nomini emas, rasm dizayneri kim ekanligini aniq ayting?

Javob: Abram Geyms
BEA — British European Airways kompaniyasi reklama plakati

5737. U bir tilda «kalit» ma’nosini beradi. U yordamida biz boshqaramiz, buyruqlar beramiz. U ni turlari juda ko’p. U asosan texnikada Lekin ba’zi musiqa asboblarida ham uni ko’rishimiz mumkin. Ishonamizki siz uni topdingiz.
Bizga esa ulardan tizilgan shoda yaratuvchisini ismini ayting?

Javob: U-bu klavish.
Klavishlar «Shoda» si esa klaviatura.
Klaviatura ixtirochisi esa Qwert Yuiop. Klaviaturaning birinchi harflar qatori.

5738. Bir odam har yili, yilida bir marta soat 13:05 da, katta bir minoraning o’rtasiga kelib, yerdagi (pol) yong’oqday keladigan teshikchaga qarab ketarkan. Savol: nima sababdan?
Javob: minora joyidan siljigan yoki siljimaganini bilish uchun.
Izoh: 13:05 da quyosh tik turgan payt, quyosh nuri o’sha teshikka tushish kerak bo’lgan, agar quyosh nuri teshikka to’g’ri kelmasa, minora joyidan siljiganini bildirgan.

5739. SSSR da chop etilgan «Dunyo atlasi” da Gviana aholisi tarkibiga quyidagilar kiritilgan: negrlar, mulatlar, yevropaliklar. Va yana ikkita guruh. Bu ikki guruhning aytilishi juda o’xshash. Biri o’z nomini ikkinchida olgan degan farazlar ham mavjud. Diqqat savol: O’sha ikkala guruhni ham ayting?
Javob: Hindlar va hindular

5740. Savolni qadimgi yunon miflaridan birining bosh qahramoni beradi. Asar qahramonlaridan biri Maugliga shunday deydi: Insonlar bu gulni tuvakda o’stiradilar, gul esa qorong’u tushganda o’sadi. Diqqat savol: Nimaga ta’rif berilmoqda?
Javob: Olov
Izoh: Savol bergan qahramon esa olovni o’g’irlagan Prometey

5741. 1945-yilda SSSR va AQSh X yarim orolini birgalikda boshqarish to’g’risida shartnomaga qo’l qo’yishadi. Ikki buyuk davlat X.ning 38-parallel chizig’idan bo’lshib olishadi. X bu qaysi davlat edi.?
X davlat nomini to‘g‘ri va aniq beringlar?

Javob: Koreya

5742. “Moneta” so‘zi Qadimgi Rimdan kelgan. Ma’buda Yunona lotinchadan tarjima qilganda “asraguvchi” yoki “maslahat beruvchi” ma’nolarini beruvchi Moneta unvoniga ega bo‘lgan. Ingliz tilida esa bu so‘zdan umumiy ehtiyoj manbai sifatida foydaniladigan buyum nomi kelib chiqqan!
Ho‘sh bu qaysi so‘z?

Javob: Money — Pul!

5743. XIX asr oxirlarida Britaniyada ayollar shifokor qabulida bo’lganlarida nafaqat kiyimlarini yechishlari balki qayeri og’riyotganini ko’rsatishdan ham uyalishar ekan. Bunday holatda o’sha davr shifokorlari qanday yo’l tutishgan?
Javob: Shifokor bemorga qo’g’irchoq bergan bemor qayeri og’rishini o’sha qo’g’irchoq orqali ko’rsatgan.

5744. Tess 1962-yilda tug’ilgan. U 10 yoshidan boshlab yuziga ajin tushmasligi uchun o’ziga «X» ni ta’qiqlagan. Tess hozirda 59 yoshda bo’lsa-da, uning yuz terisi yosh qizlarnikidek ko’rinadi.
Vatandoshlari uni «tosh yuzli ayol» yoki «poker face» deb atashadi. Do’stlari esa «Y» deb chaqirishadi.
«Y» XVI asrda yaratilgan.
Diqqat kutilmagan savol: «X» va «Y»ni nima ekanligini bilgan bo’lsangz «Y» muallifi kim ekanligini toping?

Javob: Leanardo da Vinchi
Izoh: «X»-kulgu
«Y» — mona liza

5745. «U»ning davrida 40 millionga yaqin odam o’ldirilgan. Uning jangchilari tomonidan ko’plab qishloq va shaharlar yoqib yuborilgan. Vayron bo’lgan joylar esa ko’pincha o’rmonlar bilan to’lib-toshgan. Bu esa Yer sayyorasida havo sifatining sezilarli darajada yaxshilanishiga olib kelgan.
«U»ning shafqatsiz siyosati tufayli Yer atmosferasi qariyb 700 million tonna ugleroddan tozalangan.
Diqqat kutilmagan savol: Uni kim ekanligini toping?

Javob: Chingizxon

5746. Diqqat savolda ALFA va BETTA so’zlari boshqa 2 so’zni almashtirib kelgan!
ALFA BETTAni teskarisi ALFA asarda tasvirlangan jamiyatning ijobiy tomonlari haqida gapiradi, BETTA uning salbiy tomonlarini ochib beradi va ular haqida o‘quvchilarni ogohlantiradi. yordam tariqasida shuni aytishim mumkinki ALFA ilk bor XV asrda tug’ilgan inson ijodini ko’rishimiz mumkin.
Diqqat savol: ALFA va BETTA ni toping?

Javob: Alfa-Utopiya
Betta — Distopiya.

5747. Diqqat savolda ALFA so’zi boshqa so’z bilan almashtirib kelgan!
ALFA ning asosiy xususiyati shundaki, uning faqat bir tomoni bor. «Bir tomon» tushunchasi quyidagilarni anglatadi: agar biz ma’lum bir ob’ektning yuzasi bo’ylab yurishni boshlasak, biz uning butun maydonini ichkarida ham, tashqarisida ham chetlab o’tishimiz mumkin.Yordam tariqasida shuni aytishim mumkinki ALFA XIX asrning so’ngi chorakida nemis matematiki toponidan yaratilgan?
Diqqat savol: ALFA ni toping?

Javob: Kleyn shishasi.

5748. AQSh sobiq prezidenti Barak Obama o’z qarorgohida Stenli Kubogi sohibi ,,Pittsburg Pingvins” jamoasi vakillarini qabul qiladi. Xokkeychilar unga jamoa libosini topshirishadi. Diqqat savol: Unda qaysi raqam aks etgan edi?
Javob: 44
U aqshning 44 prezidenti edi

5749. Ushbu asarning bizgacha yetib kelgan fors tojikcha nusxasi 1128- yil Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr Al Qubroviy tomondan arabcha asliyatidan qisqarib tarjima qilingan. Oradan yarim asr vaqt oʻtgandan keyin 1178-1179 yillarda Muhammad ibn Zafar ibn Umar fors tarjimani ikkinchi marta qisqartirib tarjima bayon qilgan. Biz esa 1966 yil Toshkentda Rasulyev nashridagi oʻzbekcha tarjimaga asoslandik.
Diqqat savol: gap qaysi asar haqida ketmoqda?

Javob: Buxoro tarixi

5750. X tarixiy geografik asar boʻlib 982-983 yillarda fors tojik tilida nomaʼlum muallim tomonida yozilgan.Asarda yer kurrasining inson yashab turgan qismidagi mamlakatlar iqlimi, tabiat, xalqlari,urf odatlari, mashgʻulotlari toʻgʻrida maʼlumotlar keltirilgan.1930 yil Bartold rus tilida sozboshi va izohi bilan 1937 rus sharqshunosi Minorskiy ingliz tiliga nashr ettirgan.H Hasanov oʻzining «Oʻrta osiyolik geograf va sayyohlar» kitobida ushbu asar haqida katta maqola yozgan va oʻzbekcha tarjimasini keltirgan.
Diqqat Savol: ushbu maʼlumotlar qaysi tarixiy asar haqida ketmoqda?

Javob: Hudud ul olam

5751. Ushbu shahmatchi nokaut bilan jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. Hindistonning Pene shahrida oʻtkazilgan vakillik turnirida gʻolib chiqqan. 2004 yil FIDE JCh ketma ket gʻalaba qozonib shov shuv koʻtara oldi. Turnir oldidan Elo reytingida u 2040 ochkosi boʻlgan. Fide reytingida 54 oʻrinda edi. Diqqat savol: gap qaysi shaxmatchi haqida ketmoqda?
Javob: Rustam Qosimjonov.

5752. Erling Xolland 21 fevral kuni Brentford darvozasiga hol kiritib Angliya premyer ligasida bir rekordni takrorladi. Erlinggacha bu ishni Totenham jamoasi sobiq futbolchisi Harry Keyn bajara olgan edi. Diqqat savol Xolland qanday rekord qoʻyganini bir necha soʻzda yozib bering?
Javob Premyer ligada oʻzi toʻqnash kelgan hamma jamoaga gol urgan.

5753. Xalqaro tinchlik fondlari assotsiatsiyasi prezidenti. Shaxmat oskari sovrindori. Jahonning 12- chempioni 1975-85 Jahon shaxmat olimpiadasi chempioni. Xizmat koʻrsatgan sport ustasi 1974. Gap qaysi shaxmat ustasi haqida ketmoqda?
Javob: Anatoliy Karpov

5754. Ko‘plab mamlakatlar o‘zining alfasi ga ega. Masalan, Germaniyada pirog, Shotlandiyada esa sulidan tayyorlanadi.
Uning inglizcha versiyasida Djonni ismli ponchik, AQSHda odamcha uchraydi.
Qisqa qilib aytganda, uning 40 dan ortiq variantlari bo‘lib barchasi deyarli bir xil yakunlanadi
Savol uni nimaligini toping?

Javob: Boʻgʻirsoq

5755. Uning otasi Sudxo’r edi. Qalbaki pullarga aralashgani sabab o’z hayoti bilan javob bergan. Uning o’zi esa Sevimli shahridan ko’p bora quvg’in qilingan. Oxirgi surgundan so’ng u juda mashhur bo’lib ketdi.
Savol. U quvg’undan so’ng qayerda yashagan?

Javob: Bochkada
Gap Diogen haqida edi

5756. Mashhur fransuz faylasufi Volter 200 yil muqaddam
«Hamma xavf xatarda X odamning eng ishonchli qo’riqchisidir, u doimo ehtiyot bo’ling, hayotingizni avaylang va asrang!»-deb uqtiradi. X nima ekanligini ayting?

Javob: Og‘riq
Izoh: Insonda og’riqni sezuvchi 1 mln ga yaqin retseptorlar mavjud bo’lib, ular himoya vazifasini o’taydi, ya’ni og’riq sezish tufayli odam o’zini noqulay tavsirdan chetga oladi, himoyalanadi. Aks holatda esa kuchli jarohatlanar edi.

5757. 1792-yilning 30-iyulida Parijdagi inqilobga yordam berish maqsadida yo’lga chiqqan ko’ngillilar batalyoni yo’l bo’yi , «Reyn armiyasining harbiy qo’shig’i” ni kuylab ketadi. Bu qo’shiq ikki oy oldin Strasburglik bir inson tomonidan yozilgan edi. Diqqat savol: Bu batalyon qaysi shahardan yo’lga chiqqan edi?
Javob: Marsel
Izoh: Fransiyaning madhiyasi «Marselyeza» deb atalishi shundan

5758. Dunyoda ko’plab jonivorlar ko’p. Shulardan biri surikat degan hayvondir. Ular asosan guruh bo’lib ilonlarni ov qilishadi. Balkim bu hayvon haqida ko’pchilik unchalik ma’lumotga ega emasdir lekin aynan bir surikatning raqsi esa hali hanuz eslab yuboramiz.
Diqqat savol: o’sha surikatni ismi qanday edi?

Javob: Timon
Izoh: «Qirol sher» multfilmida Timon nomli surikat pumba bilan chiyabo’rilarni chalg’itish maqsadida raqsga tushadi

5759. O’zbekiston xalk yozuvchisi Anvar Obidjon ijodida 3 qatordan iborat hokku: «uchchanoqlarni » uchratish mumkin. Bundan uchchanoqlarning har bir qatorida 7 tadan bo’g’in mavjud va ular huddi hokkular singari falsafiy ma’no anglatadi. Uchchanoqlarning biridan parcha o’qiyman: «Yasholmasdi kuldirmay birovlarga bildirmay yig’lab oldi ……
Marhamat qilib nuqtalar o’rnida tushirib qoldirilgan so’zni aniqlang?

Javob: Yomg‘irda

5760. Said Ahmadning «Kelinlar qo’zg’oloni» asarini yaxshi bilasiz. undagi Sotti obrazi hammangizga tanish bu personajga aynan shu ism berilishiga bir inson sababchi. uni o’zbek adabiyotidan chuqur xabari bor insonlar yaxshi bilishadi. Uning qilgan ishlaridan ko’pchilikni xabari bor lekin uni ism sharifi ko’pchilikka ma’lum emas. U Kimligini agar bilgan bo’lsangiz menga uning eng taniqli qurbonini ayting?
Javob: Abdulla Qodiriy
Izoh: Sotti Xusayn ismli sho’rolarga ishlagan «ayg’oqchi » tanqidchi yozuvchi bolgan u Qodiriyni uning asarlarini ayovsiz tanqid qilgan

5761. O’zbek xonadonlarida yaxshi bir odat bor. Xotinlar erining ismini aytmasdan «dadasi» deb murojaat qilishadi. Yoki er ham, xotin ham bir-birini to’ng’ich farzandlarining ismi bilan chaqirishadi. Bu odat ya’ni farzand ismi bilan chaqirish arablardagi bir odatning yarim amal qilingani hisoblanadi. Qolgan yarmini siz ayting?
Javob: Arab ayollari erlarini ko’pincha o’g’illari ismi oldiga «Abu» qo’shimchasini, xotinlarni esa «Ummu» qo’shimchasini qo’shgan holda chaqirishadi. Masalan,Abu Ali,Ummu Xabiba kabi.Bu Alining otasi, Xabibaning onasi ma’nosini beradi.

5762. Milliarderni o’ldirishmoqchi, suiqasd uyushtirmoqchi bo’lishibdi. Xotini va o’ziga 1 stakandan suv olib kelishibdi. Milliarder darrov ichib yuboribdi, xotini sekinlik bilan ichibdi. Xotini o’libdiyu milliarder tirik qolibdi. Nega?
Javob: Zahar muz bo’lakchalarida bo’ladi.
Izoh: Milliarder ichgan idishda muz bo’laklari erishga ulgurmagan

5763. Hech o’ylab ko’rganmisiz nega motadorlar bilan jang faqat buqalar qo’yiladi. Sigirlar bilan jang o’tkazmasligini bitta aniq bir sababi bor. Shuni topib menga aytishingz kerak?
Javob : Sigirlar urushgan payti ko’zlarini ochiq holda urushadi . Buqalar raqibga kalla uryotgan paytda ko’zlarini yumib olar ekan.

5764. Keksa Himolay yog’ochsoz ustalari shogirdlarini imtihon qilish uchun ularga yog’och bo’lagini uloqtirishgan. Shogirdlar nima qilishi kerak bo’lgan?
Javob: Yog’och bo’lagi havoda paytiyoq qaysi daraxt yog’ochi ekanini aytishi lozim bo’lgan.

5765. Xitoylik mashhur savdogar sotuvchilarning fikricha sotuvchi 3 narsani yaxshi bilishi kerak ekan ya’ni
Hisob kitobni,
Yaxshi mol tanlashni va … Shu ishni
Savol: 3 narsa nima ?

Javob. Kulib turish. Jilmayish.

5766. AQSHning Nyu-Meksiko shtatining qonuniga ko’ra, mer lavozimiga saylanish davrida ikkita nomzod bir xil ovoz to’plasa, nomzod g’olibi X orqali aniqlanadi. X ni ikkita so’z bilan toping?
Javob: X-Karta o’ynash

5767. «7 qo’ng’iroqcha» maktabi haqida eshitganmisiz? Bu maktab haqida u Amerika qit’asida ekanligi va o’z nomini bitirish imtihonidagi bir sinov nomidan olganligidan boshqa ma’lumot yo’q. Bitiruvchilar ham oshkor etilmaydi. Bu maktabda kimlar o’qishini ayting?
Javob: Kissavur o’g’rilar. Ular maneken kiyimidagi 7 ta qo’ng’iroqchani ham ovoz chiqarmasdan yechib olishlari shart imtihonda.

5768. Bir kuni mashhur Cherchilldan Stalin bilan Gitlerning asosiy farqni bir so’z bilan aytib berishini so’rashganda u bu ikkisini farqi faqat shu narsada ekanligini aytgan ekan.
Savol: Cherchill nazarda tutgan so’z nima?
Javob: Mo’ylov.
Ya’ni Stalin bilan Gitlerning farqi mo’ylovda degan

5769. Bu narsa dunyoning qaysidir burchaklarida yog’ishi mumkin bo’lgan kislotali yomg’irlar o’zagini tashkil qiladi. Bu narsa gaz holida qattiq kuydirishi mumkin. Bu narsa oshqozonga tushsa insonda terlash holatini kuchaytirishi mumkin, ammo ko’p holda oshqozonga tushsa unda inson qayt qilib yuboradi.
Savol: Bu narsa nima?

Javob: Suv oddiy suv

5770. Italiyalik bir yozuvchi bo’lmagan shaxs kitobidan parcha: -Yangi yilda sovg’a qilgan qalpog’im senga yoqdimi? Italiyalik bo’lmagan ikkinchi kishi javobi qanday bo’lganligini ayting?
Javob: U Materratsining ko’kragiga bosh bilan zarba beradi.
Izoh: Materratsi 2006-yilgi o’sha voqeadan keyin ,, Zidan ustidan kulishning 999 usuli” nomli kitob chop ettiradi. Yuqorida 999tadan biri keltirilgan. Materratsi qalpoq orqali Zidan tepakalligi ustidan kulgan

5771. Bu inson o’zini Geraklning avlodi deb biladi bu insonning siz bilan bizga ma’lum asari yer osmon va suv deb nomlanadi va asosiysi uning aslida aytmagan bir jumlasi unga tegishli deb hisoblanada va insonlar orasida juda mashhur hattoki bu jumlalar har kimga ham zarur bo’lmasada.
Savol: Gap kim haqida ketyapti?

Javob: Gippokrat

5772. Tasavvur qiling siz bir ofisdasiz. Ofis devoridagi kartinada ikki kishi sigirni talashishyapti. Biri sigirni shoxidan, biri dumidan tortmoqda. Bundan foydalangan uchinchi odam sigirni sog’ib olmoqda. Savol qiyin ko’rinsada uch odam tasvirlanganiga ko’ra ofis egasi kimligini topish mumkin. Ofis egasining kasbi nima?
Javob: Advokat. Talashayotgan ikki kishi sudlashayotganlar.

5773. BMT ma‘lumotiga ko‘ra, inglizlar unga 8 yil, ispanlar 2-3 yil, ruslar 6 yil sarflar ekanlar. Yaponlar esa eng ko‘p vaqt sarflashlariga to‘g‘ri kelar ekan.
Savol: Nimaga vaqt sarflash haqida gap ketmoqda?

Javob: o’z ona tilini mukammal o’rganishga.

5774. Dunyoda faqat shu millat vakillari diniy mazhabiga qarab terma jamoa tanlaydi. Futbolchilar ko’pincha mazhabidan kelib 2 termadan birini tanlashga majbur bo’ladi. Savol: Bu qaysi terma jamoalar?
Javob: Irlandiya va Shimoliy Irlandiya
Izoh: Katolik va prote

5775. Kishilar o’rta asrlarda Yer bag’ridan faqat 18 xil kimyoviy element va ularning birikmalarini olgan bo’lsa, XVII asrda 25 ta, XVIII asrda 29 ta, XIX asrda 47 ta, XX asr boshida 54 ta, XX asrning ikkinchi yarimida nechta kimyoviy element va uning birikmalarini olib ishlatiladigan bo’ldi?
Javob: 80 ta element va uning birikmalari!

5776. Yapon maktablarida bolalar miyasining xar ikki yarim shari yaxshi rivojlanishi, fikrlashi va nutqi ravon bo’lishi uchun BU ISH ni o’rgatishar ekan. BU ISH ni toping?
Javob: Chap va o’ng qo’lda birdek yozishni, ya’ni ikkala qo’lda yozishni o’rgatishkan…

5777. Janubiy Amerikalik tarix fani o’qituvchisi o’z ma’ruzalarining birida «Janubiy Amerikaning ko’p davlatlarini Ispanlar bosib olib boyliklarmizning ko’p qismini talon taroj qilib ketti, ammo ular o’zlari bilmagan holda bizlarga ulkan bir boylikni tashlab ketdilar. U esa X dir» degan edi. Aytingchi ispanlar Janubiy amerikaliklarga qanday boylik qoldirib ketishgan edi?
Javob: Ispan tili.
Izoh: Hatto hozirda ham ispan tili janubiy amerikada keng tarqalgan til hisoblanib ko’plari bu tilni ikkinchi til sifatida qabul qilingan. Tarix o’qituvchisi boylik deganda ispan tilini nazarda tutganligining boisi ispan maqollarida kelganidek «Til bilmoq — boylikdir»

5778. Turkiyalik bir do’stimning bu joy haqidagi hikoyasini sizga aytib bersam.
«Men Turkiyani qanday sevsam bu joyni ham shunday sevaman. Bobomning bobosini bobosini bobolarini aytishicha bu joy ular tug’ilganda yahudiylar ibodat uyi bo’lgan ekan keyingi bobomning bobosini bobolarini aytishicha ular davrida bu joy musulmonlar masjidi bo’lgan ekan. Ammo keyingi bobolarimning kattarogini aytishi bo’yicha bu joyni ular faqat shu holda bilgan ekanlar va hozirgacha bu joy so’nggi bobom aytganday ish faoliyatida turibdi»
Savol: men aytayotgan joy qanday nom bilan nomlanadi va so’nggi bobom aytgan faoliyati hozirda qanday ya’ni qaysi ish uchun ishlamoqda?

Javob: Avliyo Sofiya maqbarasi. Hozirda muzey bo’lib turibdi.

5779. Singapur aholisi standart yashash deganda 4 ta narsani tushunishar ekan. Bu 4 ta narsa ketma-ket sonlar bilan ifodalanadi. Savol: Ularni aniq ayting?
Javob: 1 ta xotin, 2 ta bola, 3 ta xona, 4 ta g’ildirak (mashina).

5780. Bir payt bir yosh bola aytgan ekan:
«Bu ayol huddi manga o’xshaydi, — unga kitob va muzqaymoq yoqadi!»
Savol: Bu ayolni nomini ayting?

Javob: Ozodlik haykali

5781. Bir erkakni puflab chaladigan orkestrlar (духового оркестр) guruhidan haydashadi, sabab, bu erkak tayyorlanish vaqtida ko’chada aylangani uchun. bu odam ulardan qasos olishni niyat qilib qo’yadi. Oradan vaqtlar o’tgach, bu erkak o’zining hamkasblari tomonidan qo’yiladigan konsertga kiradi. birinchi qatordan joy olib, orkestrlarga ko’rsata bir ish qilib konsertni buzadi. Albatta bu ishi uchun hech kim uni ayblolmaydi.
Savol: erkak birinchi qatorda o’tirib, orkestrlarga qarata nima ish qilgan?

Javob: orkestrlarga ko’rsata limon yegan.
albatta orkestrlar buni ko’rganda o’zi xohlamgan holda refleks paydo bo’ladi, ya’ni yuzi burishadi. bunday holatda esa puflab chalishning umuman iloji yo’q.

5782. Autfild, Bol, Ketcher, Pitcher, Xoum-ran atamalari qaysi sport turida ishlatiladi?
Javob: Beysbol

5783. Tassavur qiling, yozning ajoyib kuni, hashoratlarning uchib yurgan ovozi, yam yashil o’tloqda 2 ta bir xil ot o’tlab yuribti, ikkalasining ham turi, rangi bir xil, ularni ajratib bo’lmaydi, faqat bitta otning dumi tugib qo’yilgan ajratish uchun. maydon bir xil o’lchamda.
savol, 1 soatda qaysi ot ko’proq o’t yeyishini bilsangiz, siz bizga sababini aniq ayting?

Javob: dumi tugulmagan ot.
sabab: dumi tugulmagan ot uni chaqayotgan hashoratlar bilan chalg’imaydi, dumini qimirlatib hashoratlarni haydab turadi. tugulgan ot esa qimirlatolmaydi.

5784. Boksni hamma yaxshi biladi. Lekin boks atamasi bir sport turidagi jihozlar turuvchi joyni ham anglatadi. Bu qaysi sport turi?
Javob: Formula 1

5785. 1867-yilda bir mashhur xorij romani rus tiliga tarjima qilinadi. Tarjimon asar nomiga “pushka” so’zini ham qo’shgan edi, vaholanki original nomda bu so’z uchramaydi. Savol: Gap kimning asari haqida bormoqda?
Javob: Jyul Vern. Uning “Yerdan Oyga” romani rus tilida “Pushka yordamida Oyga” deya tarjima qilingan.

5786. Bir kung-fu haqidagi jangari filmda shogird qattiq jarohat oladi. Uni oyog‘idan boshigacha bint bilan o‘rab tashlashadi. Tuzalib ketgach, u kung-fu ustasiga aylanadi. Film qahramoni bilan yuz bergan burilish simvoli sifatida Uning paydo bo‘lishi ko‘rsatilgan. U — ?
Javob: Kapalak.
Izoh: Film qahramoni bintdan qutulib ustaga aylanadi va go‘yoki bu manzara kapalakning g‘umbagidan qutulib uchib ketishiga monand.

5787. Yapon bolalar bog’chalarida bolalarni «mushukchalar», «jo’jachalar», «ayiqchalar» kabi noan’anaviy guruhlarga bo’lishadi. Bunga nimani asos qilib olishadi deb o’ylaysiz?
Javob: Bolalarni harakatchanligiga qarab bo’lishadi. Haqiqatan ham yuqoridagi hayvonlar harakatchanligi har xil.

5788. Islandiya ajoyib mamlakat , juda go’zal davlat. Islandiya haqida eshitganmisizlar yo’qmi bu davlatning aholisi 340 mingdan sal oshadi.
Ular aholi haqida to’liq internetdan ma’lumot olish mumkin.
Ular tez-tez bir-birlari haqida internetdan ma’lumot to‘plab turishadi.
Diqqat savol ular qachon va nima uchun ma’lumot to‘playdilar.

Javob: Turmush qurish oldidan.
Izoh: Har bir Islandiyalikga maktab paytidan singdirib boriladi. Ular bir birlarini ya‘ni qarindoshlar nikoh tuzib quyishi oldini olishar ekan.
Bir biri haqida turmush qurish oldidan internetdan yaxshilab ma’lumot to‘plar ekanlar.

5789. Rembrant o’z avtoportretini chizib tugatadi. So’ngra nimagadir rasmdagi qo’llarini o’chirib tashlab qaytadan chizadi. Rassom nima sababdan bunday qilgan?
Javob: Avtoportretni kuzguga qarab chizadi. Aksiga qarab chizganda kistochka(cho’tka deyiladimi)chap qo’liga turganini chizib qo’yadi.Shunda o’chirib o’ng qo’lga ushlaganini chizadi.

5790. Tasavvur qiling, siz yo’lda mashinada ketyapsiz. yo’l harakati tezligi 60 km/s tezlik! sizni hamma dokumentlariz bor, masalan avtomobil hujjati (texpasport), mashinaning sug’urtasi (straxovka), hullas hamma ma’lumotlar va siz 60 km/s tezlikdan kam harakatdasiz, lekin sizi DAN xodimlari to’xtatib jarima soldi!
savol: nima sababdan?

Javob: Siz qarama-qarshi yo’lda ketyapsiz.

5791. Bu mashina Yugoslaviyaning «Yugo» avtomashinasi, ya’ni dunyodagi eng yomon mashina. Mashina dunyodagi eng yomon avtomobil bo’lishiga qaramay, kompaniya injenerlari unga orqa oyna isitish qurulmasini o’rnatishgan.
savol: nega injenerlar bu yomon mashinaga orqa oynani isitish qurulmasini o’rnatishgan?

Javob: mashinani itaryotganda qo’l muzlab qomasligi, sovqotmasligi uchun.
sabab: bu mashina eng yomon mashina bo’lib, botqoqliklarda tez botib qolgan va albatta itarishga to’g’ri kelgan. injenerlar bu narsani oldini olish uchun faqatgina shu narsani o’ylab topisha olgan!

5792. Uchtasi 8 tadan, ikkitasi 7 tadan, bittasi 5 tadan va yana 4 tadan, jami bular 5 tadan!
Savol: mantiqan o’ylab gap nima haqida ketayotganini toping?

Javob: Hafta kunlari, harflar soni…
Dushanba 7
Seshanba 7
Chorshanba 8
Payshanba 8
Juma 4
Shanba 5
Yakshanba 8
——————————
kelib chiqadi: Hafta 5

5793. Tasavvur qiling, siz akvalanchi bo’lishni xohlab qoldingiz, ya’ni suv ostini o’rganmoqchi bo’ldingiz. Siz birinchi marta suv ostiga sho’ng’idingiz va siz yo’lingizni yo’qotib qo’ydingiz, qayerga suzishni bilmaysiz, havo esa tugab bormoqda.
Savol: siz qanday qilib bu paytda qayer tepa va pastligini bilib olasiz?

Javob: O’zingizdan havo pufakchalari chiqarasiz va pufakchalar qayerga qarab ketsa o’sha yer tepa bo’ladi.

5794. Bu birgina so’zning o’zi bir necha turli xil ma’noni anglatishi mumkin. Ana shu ma’nolarga umumiy ta’riflar berishga urunib ko’raman. Uning biri insonlarga xotiralarini saqlashga yordam bersa, boshqasi uzoqlarini yaqin qilishda ko’maklashadi. Yana boshqasi esa kimlardir uchun xatto «boshpana» vazifasini o’taydi. Agar uning ma’nolarini shartli ravishda raqamlab olsak, ularni o’zaro bog’lashimiz ham mumkin. Masalan: agar siz birinchining «nazariga» tushib qolsangiz, ikkinchi yordamida uchunchini ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Ana endi esa ushbu uzundan uzun savolda ta’rif berilgan qisqagina so’zni toping?
Javob: Kamera
Izoh: 1 — video kamera, 2 — mashina balonidagi kamera, 3 — qamoqxona kamerasi.

5795. Braziliyaga borgan sovet futbolchilari Kopakabana plyajidagi bolalar futbolchilar to’p bilan ko’rsatgan tryuklarning hammasini mahorat bilan takrorlashganini zavq bilan hikoya qilishadi. Lekin nimagadir boshqa bir voqeani aytishni xohlashmaydi. Sovet futbolchilari nimani yashirishadi?.
Javob: Sovet futbolchilari braziliyalik bolalar ko’rsatgan hamma tryuklarni takrorlashni uddasidan chiqisholmaydi.

5796. Bir kuni Anushervoni odil(sharqlik afsonaviy hukmdor) X lar( x barchasi bir toifa kishilar) ni saroyga to’plab ularni «ishlab chiqarayotgan mahsulot » ida aldov yolg’on ko’pligidan shikoyat qilibdi va ularga bundan buyon faqat » to’g’ri,aldovsiz mahsulotlar» ishlab chiqarishini talab qilib qo’yibdi. Keyin hukmdorga huddi buyruq berilganidek qilib tayyorlangan «mahsulotlar» dan olib kelishsa u «tanovul qilib » ko’rib «mahsulot»ni bemaza deb atabdi va X lar ga «ishlab chiqarayotgan» Y larini » yolg’on va aldov » qo’shib tayyorlashga ruxsat beribdi. Agar siz X kimlar va ularning mahsuloti Y nima ekanligini anglagan bo’lsangiz menga bu afsonadan kelib chiqqan bir fanning 4 qatiy qoidasidan birini maksimal aniqlikda ayting?
Javob: X shoirlar Y she’r
Adabiyotda aniqrogi sheriyatda.
«Eng yaxshi sher yolg‘on sher» degan qatiy qoida bor.

5797. Alfa insonga juda qadimdan ma‘lum bo‘lib, kaft qichishini bartaraf etishda qo‘llanilingan. 1890 — yilda Robert Kox Alfa ning tuberkuloz bakteriyasi o‘sishini sekinlashtirishini aniqladi. Alfa ning tibbiyotdan tashqarida ham ahamiyati katta. Misr, Hindiston, Xitoyda mil. av. 3-2 ming yilliklardanoq alfa dan turli buyumlar va bezaklar tayyorlashda keng foydalanishgan. Sizlarga yordam tariqasida yana shuni etishim mumkinki alfa so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «charaqlash» ma‘nonisini beradi. Alfani aniqlang?
Javob: Oltin

5798. Bizga ma’lumki yo‘lovchi adashib qolganda shimol, janubni aniqlash maqsadida kompasdan, agar u bo‘lmasa daraxtlar to‘nkasi yoki yana turli alomatlardan foydalanadi.
Agar sharq va g’arb kerak bo‘lsa unda albatta quyosh va oy harakatidan aniqlashni barcha biladi.
Ho‘sh kechasi oy har oyning 28 kechasi ko‘rinishi va 3 kun yo‘qolishini hisobga olsak, tunda yo‘lovchi quyosh va oy yo‘q holatda cho‘lda qanday qilib g’arb va sharqni ajratib olishi mumkin?

Javob: Bulutlar harakati orqali.
Izoh: Tabiat qonunlaridan ma‘lumki, Bulutlar doimo g’arbdan sharq tomon harakatlanadi. Bu esa dunyo tomonlarini aniqlashga yordam beradi

5799. Siz uni deyarli har kuni ishlatasiz. Agar siz o‘quvchi bo‘lsangiz aniq har kuni uni ko‘rasiz. Biz uni yoz oylarining oxiriga ham bog‘lasak bo‘ladi va u omadlidan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi.
Diqqat Savol: U nima?

Javob sakkiz raqami

5800. Bir narsa borki, 4000-yildan beri xatolarni toʻlash uchun ishlatiladi.
Oʻsha narsa nima?

Javob: qizil qalam