Geodezik asoslash
Geodezik asoslash – umumiydan xususiyga (yakkaga) qadar ishlab chiqiladi. Geodezik asoslash quyidagilarni o’z ichiga oladi: hududning fizik-geografik xususiyatlari; topografik-geodeziya ma’lumotlari va ularning nomenklaturasi DGT (Davlat geodeziya tarmog’i) tomonidan foydalaniladigan rejalar (vedomostlar); rejali va balandlikdagi quyuqlashtiruvchi tarmoqlarni qurish; nivelirlash o’lchovlarining to’g’riligini baholash, poligonometrik ishlar va GPS o’lchovlari; hisobot materiallari (grafik diagrammalari va boshqalar).