Geodezik punkt

Geodezik punkt — koordina- talari ma’lum bo’lgan biror nuktaga nisbatan vaziyati geodezik usullar b-n anikdanadigan nukta. G. p. koordinata- lari (vaziyati)ni aniqlashda koordina- talari ma’lum nuqta sifatida baland joylashgan nuktalar tanlanadi. G. p. koordinatalari asosan triangulyasiya usullari b-n belgilanadi. G. p.lardan uzok, muddat foydalanish maqsadida ularning er sirtidagi o’rni geodezik markaz deb ataladigan maxsus beton – quyma (monolit) b-n belgilab qo’yiladi. Bundan tashqari g. p.da piramida shakli- dagi minora (geodezik signal) quriladi (raemgak,.). G. p. majmui geodezik tayanch shoxobchalari deyiladi. Bular davlat Geo- dezik, mahalliy geodezik va plan olish shoxobchalariga bo’linadi. Geodezik ta- yanch shoxobchalari topografik planlar olish uchun tayanch punkt bo’lish b-n birga xalq xo’jaligi va mudofaasiga doyr Geo- dezik va muhandislik-texnik masalalar- ni hal qilishda ham asos hisoblanadi. Mac, davlat geodezik tayanch shoxobchalari ma’lumotlaridan foydalanib, er shakli va o’lchamlari, er qobig’ining harakati, qit’alarning siljishi, okean va dengiz- lar sathining farqi va b. aniqlanadi.