O’ZBEK MILLIY AKADEMIK DRAMA TEATRI
O’ZBEK MILLIY AKADEMIK DRAMA TEATRI — O’zbekistonda yangi sahna san’atini shakllanishi va rivojlanishiga karvonboshilik qilgan teatr jamoasi, eng keksa va yirik teatrlardan. 1913 yil Toshkentda tashkil topib, 1914 yilning 27 Fevralda M.Behbudiyning «Padarkush» asari bilan ochilgan (jadidlarning «Turon» nomli teatr truppasi spektakli). Truppaning badiiy rahbari Abdulla Avloniy, ma’naviy va moddiy homiylarni Munavvarqori Abdurashidxonov singari Toshkentning mo’tabar kishilari tashkil etgan. Ijrochi kuchlar Abdulla Avloniy, Nizomiddin Xo’jayev, Badriddin A’lamov, Shokirjon Rahimiy, Muhammadjonqori Poshshaxo’jayev, Fuzail Jonboyev, Hasanqori, Same’qori Ziyoboyev, Qudratilla Yunusiy singari 24 kishidan iborat bo’lgan. Truppada «To’y» (N.Qudratilla), «Baxtsiz kuyov» (A.Qodiriy), «Advokatlik osonmi?” (A.Avloniy), «Mazlumaxotin» (H.Muin), «Pinak», «O’liklar» (M.Qulizoda) singari asarlar sahnalashtirilgan. 1918 yil «Turon» truppasi davlat ixtiyoriga olinib, unga «davlat teatri» maqomi berildi. Badiiy rahbari va rejissyori etib Mannon Uyg’ur tayinlandi. 1918-21 yillar Uyg’ur, G’ulom Zafariy, Badriddin A’lamovlar boshchiligidagi Abror Hidoyatov, Abdurahmon Akbarov, Fatxulla Umarov, Karim Yoqubov, Shokir Najmiddinov, Muzaffar Muhamedov, Mahsuma Qoriyeva, Yatim Bobojonov, Obid Jalilov, Sayfi Olimov, Bosit Qoriyev singari teatr kelajagiga yo’l ochgan aktyorlar repertuarini ta’minlagan Abdurauf Fitrat, G’ozi Yunus, Cho’lpon, Xurshid va boshqalar dramaturglarning xizmatlari katta. «Fanniy uy» (Uyg’ur), «Zaharli hayot», «Boy ila xizmatchi», «Tuhmatchilar jazosi», «Iffat qurbonlari» (Hamza), «Yomon o’g’il», «Erk bolalari» (G’.Zafariy), «Zaxokki Maron» (G’.Yunus), «Chin sevish», «Hind ixtilochilari» (Fitrat), «Yorqinoy», «Xalil farang» (Cho’lpon) va boshqalar teatr repertuaridan o’rin oldi. Teatr sahnasida drama, musiqali drama, bolalar teatri yo’nalishlari vujudga keladi. Bu jarayon 1929 yil teatrdan drama, musiqali drama, yosh tomoshabinlar davlat teatrlari ajralib chiqishi bilan yakunlandi. 1920 yil sahnalashtirilgan «Halima» (G’.Zafariy) nomli musiqali drama spektakli sahna ijrochiligida professionalizm va tomoshaviylikni ta’minladi. 1921-25 yillar davomida «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» (Xurshid), «Qaroqchilar», «Makr va muhabbat» (F.Shiller) singari drama, musiqali drama, fojia janrlariga oid asarlar sahnalashtirildi. Bu spektakllardagi obrazlar talqini, rejissuradagi sinchkovlik amallari teatr jamoasini realizm va professionalizm yo’liga safarbar etdi. 1924 yil Moskvada ochilgan O’zbek drama studiyasiga M. Uyg’ur va Cho’lpon boshchiligida A.Hidoyatov, M.Muhamedov, O.Jalilov, T. Sultonova, L.Nazrullayev, S.Tabibullayev, Sh.Qayumov, I.Latipov, G’.Isomov, H. Rahmatullaev singari 24 kishi bilim va mahoratini oshirishga yuboriladi. Sayfi Olimov boshchiligidagi boshqa bir guruh Boku teatr texnikumiga o’qishga jo’natiladi. Mazkur tadbirjahonning yetuk teatrlari tajribasini amalda yaqindan o’rganib, o’z ijro mahoratini toblashda muhim bosqich bo’ldi. Studiyachilar Moskvadan qaytgach, teatr jamoasi qayta tuzilib, unga Sayfi Olimov boshliq, Boku teatr texnikumini bitirib kelgan Halima Nosirova, Zuhur Qobilov, Karim Yoqubov, Rahimberdi Bobojonov, shuningdek, yoshlardan shukur Burhonov, Olim Xo’jayev, Nabi Rahimov, Karim Zokirov, Shohida Ma’zumovalgr qo’shiladilar. 1927— 30 yillar «Arslon», «Halima», «Farhod va Shirin» kabi spektakllar sahnalashtirildi.Teatrga 1929 yil Hamza nomi, 1933 yil «akademik drama teatri» maqomi berildi. 1935 yil Uyg’ur sahnalashtirgan «Hamlet», «Otello» (1941, A.Ladigin bilan hamkorlikda), 1939 yil Ya. Bobojonov sahnalashtirgan «Boy ila xizmatchi» spektakllari rejissura va ijroda badiiyot namunasi sifatida qayd etilgan. Ayni paytda «nomus va muhabbat», «Paxta shumg’iyalari», «Niqob yirtildi» kabi spektakllar sahna yuzini ko’rdi. Jahon va milliy mumtoz asarlarga murojaat etish bilan teatr o’z mavqeini yanada mustahkamladi: «Qo’zibuloq qishlog’i», «Mehmonxona bekasi», «Revizor», «Makr va muhabbat», «Hamlet», «Boy ila xizmatchi», «Otello» va boshqalar. Teatrda 2-jahon urushi va undan keyingi yillar «Hamza», «Jaloliddin Manguberdi», «Alisher Navoiy» va boshqalar, urushga javoban «Front», «O’lim bosqinchilarga» kabi spektakllar qo’yildi. 1946-60 yillar yaratilgan «Hayot qo’shig’i», «Oila nomusi», «Aybsiz aybdorlar», «Yurak sirlari», «Qutlug’ qon», «Og’riq tishlar», «Qaroqchilar», «Gang daryosining qizi», «Jazoir — mening Vatanim», «Yuliy Tsezar», «Hurriyat» singari yirik spektakllarda teatrning keksa, o’rta, shuningdek, yosh avlodga mansub ijrochilari samarali natijalarga erishdilar. Rejissyorlardan A.Ginzburg, T .Xo’jaevlarning teatr ravnaqiga xizmatlari alohida bo’ldi. 1960-90 yillar teatr jamoasida avlod almashinuvi jadallashdi. T.Xo’jayevdan keyin A.Qobulov, I.Otaboyev, B.Yo’ldoshev, R.Hamidov, X.Apponov, X.Qo’chqorov, S.Kapriyelov, T.Isroilov, L.Fayziyevlar rejissyor sifatida faoliyat ko’rsatdilar. T.Azizov, P.Saidqosimov, O.Yunusov, L.Yusupova, R.Ibrohimova, O.Norboeva, T.Jamilova, D.Ismoilova, M.Ibrohimova, G.Zokirova, T.Tojiyev, L.Oripov, L.Karimov, R.Avazov, Yo.Ahmedov, E.Komilov, L.Mo’minov, S.Umarov, Yo.Sa’diyev, J. Zokirov, M.Abduqunduzov, G’.Hojiyev kabi aktyorlar teatrning faol ijodkorlariga aylandilar. Teatr repertuaridan zamon va zamondoshlar qiyofasi ijtimoiy hayot illatlaridan bahs yurituvchi drama va komediyalar — «Imon», «Ko’rmayin bosdim tikonni» (I.Sulton), «Shubha», «Qotil», «Parvoz», «Parvona» (Uyg’un), «Tobutdantovush», «Ayajonlarim» (A.Qahhor), «Tog’a va jiyanlar» (R.Bobojon), «Olma gullaganda» (O. Yoqubov), «Oltin devor» (E.Vohidov), «Komissiya», «Qiyomat qarz», «Shoshma, quyosh», «O’z arizasiga ko’ra» (O’.Umarbekov), «O’g’rini qaroqchi urdi» (Shukrullo), «Kelinlar qo’zg’oloni», «Kuyov» (S.Ahmad) va boshqalar sahnaga qo’yildi. Tarixiy drama janrida M. Shayxzodaning «Mirzo Ulug’bek», I.Sultonning «Noma’lum kishi» pyesalari misolida tub sifat o’zg’arishi yuz berdi. Asarlar tarixiy, falsafiy mavzui ayniqsa, badiiy yetukligi bilan rejissyor va ijrochilar uchun keng imkoniyatlar berdi. Ketmaket shu janrda «Zebunniso», «Abu Rayhon Beruniy», «Abu Ali ibn Sino» (uyg’un), «Nodirabegim» (T.To’la), «Yulduzli tunlar» (P.Qodirov) spektakllari qo’yildi. Bu spektakllardagi aktyorlar ijrosi jamoa uchun namuna maktabi bo’ldi. «Shoh Edip», «Qirol Lir», «Mariya Styuart», «G’ariblar», «O’limdan kuchli», «Tirikmurda», «Asrga tatigulik kun», «Oy tutilgan tunda» kabi mumtoz asarlar namunalari teatr tarixida alohida o’rin tutadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, teatr faoliyatida keskin o’zgarishlar ro’y berdi. Ijodiy jamoa har tomonlama erkin ish yuritish, repertuar tuzish imkoniyatiga ega bo’ldi. 2001 yil 21 sentyabrdan teatr nomi o’zgartirilib, «O’zbek milliy akademik drama teatri» deb atala boshlandi. Jamoa zamonaviy mavzuda spektakl yaratish bilan birga buyuk tarixiy shaxslar, qatag’on qurbonlarining badiiy timsolini yaratishga e’tibor kuchaytirdi. Natijada U.Shekspir zamondoshi K.Marloning «Sohibqiron Temur» dramasi o’zbek sahnasida ilk bor sahnalashtirildi, A.Oripovning «Sohibqiron Temur» dramasi, U.Azimovning Cho’lpon hayotidan hikoya qiluvchi «Kunduzsiz kechalar» tomoshabinlarga taqdim etildi. «Jar», «Xotinlar gapidan chiqqan hangoma», «Sab’ai sayyor», «Alisher Navoiy», «Abulfayzxon», «Mehrobdan chayon», «Chimildiq», «Qalliq o’yin», «Mashrab», «Muhabbat sultoni», «Daraxtlar tik turib jon beradi», «Hamlet», «Qirol Lir», «Yetti faryod» va boshqalar so’nggi yillar yaratilgan eng yaxshi spektakllardir. Yoqub Ahmedov, Rixsi Ibrohimova, Erkin Komilov, Tolib Karimov, Saidkomil Umarov, Tesha Mo’minov, Zuhra Ashurova, Jamshid Zokirov, Gavhar Zokirova, Madina Muxtorova, Tohir Saidov, Uchqun Tillayev, Muqaddas Xoliqova, Saida Rametova, Ra’no Yarasheva va boshqalar teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning bosh rejissyori Valijon Umarov (2005). Teatr binosi 2001 yilda zamonaviy talablarga javob beradigan qilib qayta ta’mirlandi. Ta’mirdan so’ng bino butunlay yangi qiyofaga ega bo’ldi, zamonaviy texnikmuhandislik asboblari bilan jihozlandi. Bosh tarzi ustunlardan tashkil topgan, peshtoqi egik yoy shaklida, 3 ta kirish eshigi ravoqli. Foye va zali og’ir qurilmalardan xalos etildi: foye shiftiga naqshinkor bezakli gumbaz, tomosha zalining shiftiga esa osmonda suzib yurgan bulutlar tasvirlangan osma gumbaz ishlangan, uning atrofi gul yaproqlarini eslatuvchi qandillar bilan hoshiyalangan. Zalni yoritishda 7 qismli Nodir yoritish tizimi qo’llangan. Binoning 2 yon tomoni 7, 8 metrga kengaytirildi. 1 qavatda vestibyul, 2 qavatning o’ng qanotida «maqom» musiqa saloni, chap qanotida teatr rahbariyati xonalari, 3qavatda teatr muzeyi joylashgan. Binoning yer osti qismiga kichik zal, xodimlar uchun sport zali va boshqalar xonalar, garderob ishlangan. Bosh tarzitdagi stilobat kengligida 2 ta kassa, barlar joylashgan. Zal devorlari ganchkorlik usulida darpardalar ko’rinishida bezatilib, oraliqlariga bir maromda takrorlanuvchi zarhallangan ko’k koshinkori vertikal yo’llar ishlangan. Sahna pardasi zardo’zi kashtalar bilan jozibador bezatilgan. Katta (540 o’rin) va kichik (110) zaldagi o’rindiq, foye va zinaning yog’och to’siqlari Italiyadan keltirilgan; zalning poydevori yashma toshlaridan, foye poli och rangli marmardan qadama usulida ishlangan. Eshiklar yog’och o’ymakorligida jozibador bezatilgan. Binoning me’moriy echimida milliy me’moriy an’anaviy usullardai foydalanilgan. Bino Navoiy ko’chasidagi 50-yillarda qurilgan binolar bilan uyg’unlashtirilgan. Peshtoqdagi ustunlar qatori yon tarzlaridagi karnizlarda davom etadi. Stilobat, devor va yoysimon shakldagi bosh zina qizil granitdan, poyustunlar va bino poydevori yirik plitalar bilan qoplangan. Peshtoq antamblementining me’moriy bo’laklari, ustun boshalari, yon tarzlaridagi ustunlar betonlar zdda quyib tayyorlangan, so’ng bo’yalgan. Bino bezaklarini yaratishda «Usto» birlashmasi ustalari, haykaltaroshlik eksperimental ishlab chiqarish kti, Toshkent keramika zavodi, «Ilhom» teatri rassomlari va boshqalar samarali mehnat qildi. Oldidagi vitrajlar ko’k rang, yon tarzlari tilla rang shishalardan ishlangan. Binoning tashqi yoritilishiga alohida ahamiyat berilgan: ustun ostiga o’rnatilgan chiroq va projektorlar bilan binoning tungi salobati, ko’rki namoyon bo’ladi.