Perlit (tog’ jinsi)

Perlit (tog’ jinsi) – durdek yaltiroq shariklarga bo’linuvchi vulqon shishasi. Parchalangan perlitni 1000-1200 C da qizdirilganda bo’rtadi, hajmi 10-20 marta kattalashadi. Bo’rtgan perlit yengil betonlarning to’ldiruvchisi sifatida xizmat qiladi, shuningdek, undan issiqlik izolyatsiyalovchi va boshqa buyumlar tayyorlashda foydalaniladi. Masalan: ko’pchigan perlit.