BAROMETRIK FORMULA

BAROMETRIK FORMULA — og’irlik kuchi maydonidagi gaz (atmosfera) bosimining balandlikka qarab o’zgarishini ifodalaydigan formula. Hamma balandliklarda temperatura birday hisoblanganda (izotermik hol): bunda: r — gaz bosimi, ts — gazning molekulyar og’irligi, R — gaz doimiysi, g — og’irlik kuchi tezlanishi, T — mutloq temperatura. Barometrik formula balandlik ortib borgan sari gaz (atmosfera) bosimining kamayib borishini ko’rsatadi. Balandlik katta bo’lsa, temperaturani o’zgarmas deb belgilaydi. Atmosferaning ayrim qatlamlarida temperatura A balandlikka qarab chiziqli o’zgaradi. Samolyot qanday balandlikda uchayotganini ko’rsatuvchi asbob — altimetrning ishlash tarzi atmosfera bosimining balandlikka qarab o’zgarib borishiga asoslangan.